
Foto: The Guardian
Ayollar huquqlari faoli Lujayn al-Hatlul Saudiya Arabistonidagi qamoqdan ozod qilindi, deya xabar bermoqda BBC.
Inson huquqlari himoyachisi 10 fevral kuni ozod qilindi. Nashrning ta’kidlashicha, al-Hatlulga ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish va Saudiya Arabistonidan chiqib ketish taqiqlangan. Al-Hatlul oilasining bildirishicha, faol unga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi chiqmoqchi.
«Biz haqiqiy adolatni qo‘lga kiritmoqchimiz. Lujayn to‘liq, so‘zsiz ozod bo‘lishi uchun», – deydi singlisi Lina.
Bundan tashqari, al-Hatlul uni qamoqxonada qiynoqqa solganlarni, xususan, valiahd shahzoda Saud al-Qahtoniyning sobiq maslahatchisini sudga bermoqchi.
Faol 2020 yil oxirida «qirollikni beqarorlashtirishga urinish» ayblovi bilan besh yil-u sakkiz oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Bungacha al-Hatlul faol ravishda ayollarga mashina haydashga ruxsat berilishini targ‘ib qilgan. U 2018 yil may oyida, Saudiya Arabistonidagi ayollarga transport vositasini boshqarish huquqi berilishidan bir necha oy oldin hibsga olingan.
Ayollar avtomobil boshqarishi uchun ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganiga qaramay, na al-Hatlul va na boshqa faollar ozod qilingan. Ular bir necha bor qamoqxonada qiynoqqa solingani haqida xabar berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar