18:43 / 21.02.2021
1 662

Avstriyalik olimlar COVID-19’ga qarshi antitanalar organizmda qancha vaqt saqlanishini aniqladi

Avstriyalik olimlar COVID-19’ga qarshi antitanalar organizmda qancha vaqt saqlanishini aniqladi
Foto: Getty Images
Avstriyadagi Insbruk tibbiyot universiteti olimlari koronavirusga chalinib chiqqanlarda kasallikka qarshi immunitet kamida sakkiz oy davomida saqlanib qolishini aniqladi, deb xabar bermoqda «RBK» universitet saytiga tayanib.

Tadqiqotchilar COVID-19’ga chalinganlardan o‘tgan yilning aprel va noyabr oylarida Ishgl tog‘-chang‘i kurortida olingan antitana testlarini tahlil qilgan. Birinchi tadqiqotdan so‘ng, aprel oyida koronavirusga antitanalar bo‘lgan ishtirokchilarning deyarli 90 foizida u sakkiz oydan keyin ham saqlanib qolgani aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, Ishgl kurortida o‘tkazilgan ushbu tadqiqot COVID-19’ga qarshi immunitetni o‘rganish bo‘yicha eng katta va uzoq davom etgan tadqiqotlardan biri bo‘lib, unda 900 dan ortiq kishi qatnashdi. Ularning 18 yoshdan 89 yoshgacha bo‘lgan 801 nafari har ikkala tadqiqotda ishtirok etgan.

Tadqiqot doirasida virus bilan kasallangan hujayralarni aniqlovchi va bartaraf etishga qodir o‘ziga xos immun hujayralar — T-hujayralar borligini aniqlash maqsadida 93 ta namuna qo‘shimcha ravishda tekshirilgan. Hujayraviy immunitet mavjudligi antitana titrlari deyarli bo‘lmagan yoki endi aniqlanmaydigan namunalarda borligi tasdiqlangan.

Shunday qilib, olimlar hatto testlar antitanalarni aniqlay olmasa ham, immunologik javob borligini istisno etmayapti.
Avvalroq COVID-19’ga qarshi immunitet kamida 8 oy saqlanib turishini avstriyalik olimlar ham ma’lum qilgandi.

«Ushbu tadqiqot SARS-CoV-2 virusiga qarshi vaksinalar uzoq vaqt davomida ishlashining eng ishonchli dalilidir. Ilgari ko‘plab tadqiqotlar koronavirusga qarshi antitanalarning birinchi to‘lqini dastlabki bir necha oydan keyin susayishini ko‘rsatib, odamlar tezda immunitet yo‘qotishi mumkinligini xavotirini keltirib chiqargandi. Ushbu yangi ilmiy ish bu qo‘rquvni yo‘q qiladi», — degan edi 2020 yilning dekabrida 25 kishidan iborat guruhda tadqiqot o‘tkazgan olimlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi antitanalar inson organizmida 3 oygacha saqlanib qolishi mumkinligi aytilgandi. «Sputnik V» vaksinasining klinik tadqiqotlari rahbari Nikita Lomakin esa koronavirusdan sog‘ayganlarda antitanalar to‘liq 3-5 oyda yo‘qolib ketishini va ular qayta kasallanishi mumkinligini aytgandi. Nyu-Yorkdagi Mount Sinai tibbiyot markazi olimlari ham COVID-19’ga qarshi antitana kasallikning yengil yoki o‘rtacha shakli bilan kasallangan bemorlarda besh oyga yaqin saqlanib qoladi, deb hisoblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyalik olimlar COVID-19’ga qarshi antitanalar organizmda qancha vaqt saqlanishini aniqladi