Foto: «RIA Novosti»
Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi biznes jetini ishlab chiqish va yaratish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxona tuzadi. Bu haqda Rossiya savdo-sanoat vaziri Denis Manturov ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
Rossiya tomonidan loyihada Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi yoki uning sho‘’ba korxonalaridan biri, BAA tomonidan esa Mubadala fondi qatnashadi. Vazirning aniqlik kiritishicha, hozircha qo‘shma korxonada kimning ulushi qancha bo‘lishi masalasi aniqlashtirilmagan.
Biznes-samolyot ikki xil — sig‘imi sakkiz kishigacha va 30 kishigacha bo‘lgan versiyada yaratiladi. Shu yil oxirigacha samolyotning tashqi ko‘rinishi ishlab chiqilishi mumkin. «Asosiy parametrlar esa menimcha, 80 foizga aniqlashtirilgan: bu 1,5—1,8 Max’ga teng tezlik. 1,8 Max tezlikda kamida to‘rt soat uchish mumkin», — dedi Manturov.
Tovushdan tez uchadigan biznes-jetni yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlari Rossiyada 2017 yildan buyon davom etmoqda. 2019 yilda Manturov bu ishlar 1,4 milliard rublga tushganini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"