AQSH olimlari so‘nggi yigirma yil ichida Shimoliy muz okeanidagi chuchuk suv miqdori 40 foizga oshganligini aniqladilar. Atlantika okeaniga chuchuk suvning kirib kelishi global iqlimga katastrofik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Olimlarning fikriga ko‘ra, toza suvning to‘planishi Arktika muzlarining erishiga salbiy ta’sir etadi.
Hozirgi vaqtda toza suvni Bofort dengizidagi shamollar ushlab turibdi. Bu holat o‘ziga xos suv gumbazini hosil qiladi. Agar shamollar kamayib ketsa, toza suv shimoliy Atlantika, shu jumladan Labrador dengiziga kirib boradi. Bu Atlantika okeanidagi katta okean oqimlariga, shuningdek sovuq va iliq suvlarning harakatiga ta’sir qiladi.
Hozirgi kunda Bofort dengizidagi toza suv hajmi avvalgi vaqtdan ikki baravar ko‘p miqdorni tashkil qilmoqda. Bunday chuchuk suvning Atlantika okeaniga aniq ta’sirini taxmin qilish mumkin emasligiga qaramay, olimlar bu butun Shimoliy yarim sharning iqlimiga jiddiy ta’sir qiladi deb hisoblashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin