Bred Pitt va Barak Obama
Foto: Cosmopolitan
Bu mashhurlarning tashqi ko‘rinishiga qarab o‘xshashlikni topib bo‘lmaydi. U holda ularni nima bog‘laydi?
Gollivud aktyori Obamani prezident saylovlarida qo‘llab-quvvatlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ularni do‘stlikdan tashqari boshqa narsa ham bog‘laydi. Aktyor va sobiq prezident qarindosh. Ularning ajdodi Edvin Xikman XVIII asrda yashab o‘tgan. U plantator egasi bo‘lgan va ikki nafar o‘g‘lining birinchisi Pittning, ikkinchisi esa Obamaning nasabi hisoblanadi.
Keyt Middlton va opa-singil Dakota va El Fanning
Foto: Cosmopolitan
Tarixchilarning ta’kidlashicha, mashhurlar XIV asrda umumiy qirollik ajdodiga ega bo‘lgan. Ularning katta bobosi Angliya hukmdori Eduard III. Monarx mamlakatni 1327–1377 yillarda boshqargan. Aktrisa opa-singillar ko‘pincha «g‘oyib bo‘lgan malikalar» deb ataladi. Ammo Keyt bu borada o‘z o‘rnini topgan.
Foto: Cosmopolitan
Jastin Biber va Avril Lavin
Foto: Cosmopolitan
Kanadalik pop musiqachining o‘zi Avril bilan qarindoshligini e’lon qilgan. Jastinning o‘zi olib borgan izlanishlarga ko‘ra, Avril uning o‘n ikkinchi amakivachchasi bo‘lib chiqqan. U o‘z qarindoshidan faxrlanadi. Bu borada u «Hayotimdagi eng yaxshi kun», − deb yozgan.
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha Yelizavetta II va Hillari Dav
Foto: Cosmopolitan
Hillari Buyuk Britaniya hukmdorining o‘n sakkizinchi avlod jiyani hisoblanadi. Ularning umumiy ajdodi XV asrda mamlakatni boshqargan ingliz monarxi Richard III. Hillari nasabiga qaramay, o‘zini juda kamtar tutadi.
Foto: Cosmopolitan
Madonna va Gven Stefani
Foto: Cosmopolitan
Ikki yulduz ham italyan ildizlarga ega. Ularning sariq sochlari va g‘ayrioddiy harakatlaridan tashqari, juda ko‘p o‘xshashliklari bor. «Biz chindan ham qarindoshmiz», − deydi Madonna. Stefani ham hamisha Madonnaning ijodini kuzatib boradi.
Foto: Cosmopolitan “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”