Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev narkotik moddalarga ruju qo‘yishi oqibatida vafot etdi. Chorshanba kuni G‘arbiy London sud-tibbiy ekspertiza bosh mutaxassisi (koroneri) Fiona Uilkoks tegishli xulosani o‘qib eshittirdi.
Ta’kidlanishicha, Oysulton kokainga ruju qo‘ygan. Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, guvohlar, politsiya va psixiatr ko‘rsatmalariga asoslanib, bir necha yildan buyon narkotik moddalarga tobelik bilan kurashgan 29 yoshli Oysultonning o‘lim sabablari shubhali emas va narkotik moddalar bilan bog‘liq.
“Oilamiz sevimli Oysultonning o‘limi munosabati bilan chuqur qayg‘uda. Uning o‘limi biz uchun aqlga sig‘maydigan qayg‘uga aylandi, undan hech qachon forig‘ bo‘la olmaymiz. O‘tgan 6 oy davomida katta ko‘mak bergan kishilarga, munosib tergov o‘tkazgan koronerga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Biz ushbu juda qiyin paytda maxfiylik haqida so‘raymiz”, - deb bayonot bergan Nazarboyevlar oilasi.
2020 yil avgust o‘rtalarida Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Dariga o‘g‘li Oysulton vafot etgani haqida e’lon qildi. Qozog‘iston OAVlariga ko‘ra, o‘lim sababi - yurak huruji.
2020 yil fevral oyida Oysulton Facebookdagi akkaunti orqali Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘ragan. U davlat rahbariyatini korrupsiyada aybladi, shuningdek, oila a’zolari tomonidan bosim o‘tkazayotgani haqida ma’lum qilgan. Qozog‘istonda Oysultonning bu postlari bilan bog‘liq vaziyat - bu sobiq rahbarni obro‘sizlantirishga urinish ekanligi haqida xabar berildi.
2019 yil oktabr oyida London Sautvork qirollik sudi Oysultonni birovning uyiga noqonuniy kirgani, politsiya xodimiga qarshilik qilgani uchun bir yillik shartli qamoq jazosiga mahkum etilgan. Hukmda 18 oy sinov muddati va narkotik moddalarga tobeligidan davolanish qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi