AQSH boshchiligida G‘arb Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan. Bu qarama-qarshilikning yangi turi bo‘lib uning oqibatlari faqat kelajak avlodda bilinadi, dedi Rossiya Mudofaa vazirining maslahatchisi Andrey Ilnitskiy.
Ilnitskiy aytishiga qaraganda, hozirgi zavmonda odatiy urushni amalga oshirishning iloji yo‘q, axir Rossiyada yadro quroli bor. Agar yadroviy urush boshlansa – g‘oliblar bo‘lmaydi, har holda G‘arb g‘olib bo‘lmasligi aniq.
Xo‘sh Vashington boshlagan “mental urush” nimasi bilan farq qiladi? Birinchi navbatda – maqsadi bilan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri urushda – raqibning texnikasi va tirik joni yo‘q qilinadi. “Kiberurush”da – raqibning infratuzilmasiga zarba beriladi.
- Yangi “mental urushda” esa – raqib davlat qadriyatlarini, o‘zligini yo‘q qilish, jamiyatning madaniy asosini buzishni maqsad qilgan, - deydi Ilnitskiy.
Bunday urushning zarbasi darhol sezilmaydi, chunki asosiy e’tibor yosh avlod ongiga qaratilgan bo‘ladi. Uning ta’siri faqat bir avlod o‘tib bilinadi. Lekin u vaqtda hech narsa o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu orqaga qaytmas jarayon, deydi mudofaa vaziri maslahatsi.
“Mental urushga” qarshi qanday kurashish mumkin?
Andrey Ilnitskiy xulosasiga ko‘ra, mental urushga qarshi bir necha uslub bilan kurashish mumkin.
Birinchidan Internetni suveren qilish. Ya’ni davlat o‘z hududidagi internetga o‘zi xo‘jayinlik qilish. Bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
Ikkinchidan, yoshlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish va yangidan boshlash va uchinchidan asosiy saylovchilar bo‘lgan aholining katta qismi bilan ochiq suhbat olib borish.
Birinchi qadamlar
Rossiyaning media va internet sohasini nazorat qiluvchi organi – Roskomnadzor 24 mart yangi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga chiqargan edi. Unga ko‘ra Rossiyada ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ro‘yxatdan o‘tayotgan kishilardan pasport, turar joy manzili, telefon raqami va elektron pochta talab qilish majburiy bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda mobil operatorlar pasportga bog‘lanmagan sim kartalarni bloklash huquqiga ega. Undan tashqari 2021 yildan boshlab shaxsi aniqlanmagan abonentlar (korporativ yoki boshqa yo‘l bilan rasmiylashtirilgan sim karta egalari) operatorning birinchi talabiga binoan shaxsni aniqlash jarayonidan o‘tishlari kerak. Aks holda uning nomeri bloklab qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi