date
views 1 824

Xitoy AQSHdan o‘zib ketishni maqsad qilmaganini bildirdi

Xitoy AQSHdan o‘zib ketishni maqsad qilmaganini bildirdi
Foto: AP
Xitoy AQSHdan o‘zib ketishni maqsad qilmagan, faqat doimiy ravishda o‘zidan o‘zib ketishga qaror qilgan, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin.

"Siz Vashington Xitoy AQSHdan o‘zib ketishiga yo‘l qo‘ya olmasligini aytdingiz. Xitoyning maqsadi AQSHdan o‘zish emas, balki yanada yaxshiroq bo‘lib, o‘zidan o‘zib borishdir", - dedi Xua Chunin.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va AQSH dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyoti hisoblanadi va manfaatlar to‘qnashganida ular o‘rtasida raqobat paydo bo‘lishi ajablanarli holat emas.

Asosiysi, bu hayot-mamot jangi emas, sog‘lom raqobat bo‘lishi kerak, dedi Xua Chunin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHdan o‘zib ketishni maqsad qilmaganini bildirdi