20:14 / 01.04.2021
2 188

Misrda fir’avnlar mumiyolarini tashish uchun oltin aravalar yasaldi

Misrda fir’avnlar mumiyolarini tashish uchun oltin aravalar yasaldi
Foto: Egypt Today
2021 yil 3 aprel kuni Misrda birinchi bor «Fir’avnlarning oltin paradi» bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida fir’avn va podshohlarning yigirmadan ortiq mumiyosi Qohira ko‘chalari bo‘ylab maxsus aravalarda olib o‘tiladi. Marosim Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi oldida yakunlanadi, deb xabar beradi Motor.

«Fir’avnlarning oltin paradi» eramizdan oldingi 1580—1550 yillarda qadimiy mamlakatni boshqargan Misr podshohlik oilasining 17-sulolasi sharafiga o‘tkazilmoqda. Tadbirda 18 ta fir’avn va to‘rtta podshoh mumiyosi ishtirok etadi. Hukmdorlar qoldiqlari Qohira ko‘chalari bo‘ylab azot bilan to‘ldirilgan kapsulalarda, hashamatli arava ko‘rinishidagi maxsus yopiq transport vositalarida olib o‘tiladi.

Parad avtomobillar maksimal darajada g‘ayrioddiy usulda yaratilgan. Ulkan aravalar oltin va qora bezaklar bilan qoplangan, transport vositasining oltin rangidagi g‘ildiraklariga Misrning an’anaviy bosh kiyimlari va taqinchoqlarini yodga soluvchi «kolpak»lar joylashtirilgan. Kuzov o‘lchami, g‘ildiraklar bazasi, shuningdek, kabinaning mavjudligi inobatga olinadigan bo‘lsa, aravalar og‘ir yuk mashinasi bazasida yaratilganini taxmin qilish mumkin. Har bir transport vositasida bir nechta tilda uning ichidagi hukmdorlar ismi yozilgan.

Foto: Egypt Today
Jarayonga otliq harbiy aravalar hamrohlik qiladi. Parad Nil daryosi bo‘yicha Tahrir maydonidan boshlanib, Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyida yakunlanadi. «Fir’avnlarning oltin paradi» 400 ta televizion kanal orqali translyatsiya qilinadi. Shuningdek, uni Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham kuzatish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrda fir’avnlar mumiyolarini tashish uchun oltin aravalar yasaldi