Foto: «Terrnews.com»
Angliyaning Staffordshir grafligi Lik shahrida YTHga uchrab «vafot etgan» yigit shifokorlar uning o‘limini tasdiqlab, ota-onasi a’zolarini ehson qilishga ruhsat berganida jonlandi. Bu haqda «The Sun» xabar bermoqda.
13 mart kuni 18 yoshli Lyuis Robertsni mashina bosib ketdi. O‘smir bosh qismidan jiddiy jarohatlar olib shifoxonaga yotqizilgan. Jarrohlar zudlik bilan operatsiya qilishgan.
To‘rt kundan so‘ng shifoxona xodimlari uning ota-onasiga o‘g‘lining ahvolini yaxshilash uchun qo‘llaridan boshqa hech nima kelmasligini aytishib, o‘smir klinik o‘lim topgani haqida xabar berishgan.
Oila a’zolari yigit bilan vidolashib, tana a’zolari ko‘chirib o‘tkazishga muhtoj yetti kishining hayotini saqlab qolish uchun uning a’zolarini berishga rozi bo‘lishgan.
Ushbu qaror Robertsni hayotni ta’minlovchi tizimdan uzishidan oldin biroz vaqt yutishiga yordam berdi. A’zolarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasidan bir necha soat oldin u o‘z-o‘zidan nafas ola boshlagan.
O‘shandan beri yigitning ahvoli yaxshilanishda davom etmoqda. O‘spirin so‘ngra oyoq-qo‘llarini mustaqil ravishda harakatlantirgan, boshini burgan, kipriklari va lablarini qimirlatgan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Roberts kundan-kunga yaxshilanmoqda.
Hozirda Oila tomonidan o‘spirin uchun xayriya aksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, ular shu paytgacha 1,8 ming funt to‘plashga muvaffaq bo‘lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi