08:23 / 11.04.2021
1 864

Abdulaziz Komilov Dohada «Tolibon» harakatining siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Dohada «Tolibon» harakatining siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Dohaga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2021 yilning 10 aprel kuni Qatardagi «Tolibon» harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratayotgani uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari, «Tolibon» harakati rahbariyati vakili O‘zbekistonning Afg‘onistonda transport va energetika sohalarida muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi.

U, ayniqsa, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to‘laqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shu o‘rinda Afg‘oniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida «ishonch va hamkorlik ko‘prigi»ga aylanishi mumkinligi bildirildi.

Shuningdek, Dohada Abdulaziz Komilov Qatar davlatining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy bilan uchrashdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Tomonlar afg‘onlararo inklyuziv muzokaralarni davom ettirish orqali Afg‘onistondagi siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, Afg‘onistonda barqaror tinchlikni o‘rnatishga ko‘maklashish uchun xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirish muhim sanaladi.

Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy, shuningdek, Afg‘onistonda O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining qo‘shni mamlakat iqtisodiyotini tez sur’atda tiklashda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Abdulaziz Komilov Dohada «Tolibon» harakatining siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi