Foto: «KinoTeka»
Muvaffaqiyatli aktyor O‘nur Tunaning shaxsiy hayotiga ko‘pchilikning qiziqish bildirmoqda. «Uchankush TV» yangiliklar portalida aktyor O‘nur Tuna va aktrisa Elif Dog‘an orasida ishqiy munosabatlar boshlangani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb yozadi «KinoTeka».
Xabarlarga ko‘ra, juftlikning tanishganiga bor-yo‘g‘i bir oy bo‘lgan va ular kameralar ob’ektiviga tushmaslikka harakat qilmoqda. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar juftlik tomonidan tasdiqlanib yoki aksincha, rad etilmagan.
O‘zbek teletomoshabinlariga «Qora niyat» serialida Alixan obrazi bilan tanish bo‘lgan 35 yashar O‘nur hozirda «G‘aroyib doktor» serialida shifokor Ferman rolini ijro etmoqda. 26 yoshli Elif esa «Eh, yoshlik» serialidagi suratga tushish ishlarini qish faslida yakunladi.
Aktrisa bundan avval «Malikam, endi qara», «Chuqur» va «Biz uchun ham xuddi shunday» kabi seriallarda rol ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi