19:46 / 30.04.2021
2 735

Putin Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi nizoli vaziyatni hal qilishda vositachilik qilishga tayyor


Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatni hal qilishda vositachi sifatida ishtirok etishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, «RBK» ma’lum qildi.

«Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va boshqa turli formatdagi umumiyligimizni hisobga olgan holda, albatta, prezident har doim ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir muammolarni hal qilishda vositachi rolini bajarishga tayyor», — dedi Peskov.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya prezidenti allaqachon o‘zining vositachilik rolini bir necha bor va samarali tarzda namoyish etgan.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28 aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan «Golovnoy» suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan. Qirg‘iziston chegara xizmatining axboroti bo‘yicha 29 aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. Idora tojik tomonining minomyot hisob-kitob pozitsiyalarini egallashni tashkillashtirayotganini qayd etgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 30 aprel kuni ertalab soat 07:50 holatiga ko‘ra, to‘qnashuv paytida 134 nafar qirg‘izistonlik turli darajada jarohat oldi, 13 kishi halok bo‘ldi. Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegaradagi mojaro zonasidan 2726 fuqaroni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilgan.

Tojikiston hukumati chegaradagi qurolli to‘qnashuv paytida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar to‘g‘risida hali rasmiy ma’lumot bermagan.

Asia Plus manbalariga tayanib xabar berishicha, So‘g‘dning Isfara shahri va Bobojon G‘ofurov tumanida 30 aprel kuni ertalab to‘qnashuvlar paytida 90 dan ortiq Tojikiston fuqarolari jarohat olgan, 10 ga yaqini o‘ldirilgan.

30 aprel kuni ertalab Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ham Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada yana otishmalar yuz bergani va harbiy texnika to‘plangani haqida xabar berdi. Qirg‘iziston Tojikistonni provokatsiyalarda ayblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi nizoli vaziyatni hal qilishda vositachilik qilishga tayyor