Foto: Sputnik / Zulfiya Turgunova
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro vaqtida Qirg‘izistonning chegaraoldi qishloqlaridagi 78ta uyga zarar yetgan. Bu haqda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Urmatbek Shamirkanov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, shuningdek, 10ta AYOQSH, 8ta do‘kon, 3ta chegara zastavasi, 2ta maktab, feldsher-akusherlik punkti, bolalar bog‘chasi va ichki ishlar bo‘limi binosiga talafot yetgan.
“Bizda barcha shikastlangan ob’ektlarni tiklash uchun kuch va imkoniyatlar yetadi”, deb ta’kidlab o‘tgan Shamirkanov.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, chegarada 4 kun davom etgan to‘qnashuvlar vaqtida Qirg‘izistonning 178 nafar fuqarosi jabrlandi, 34 fuqarosi halok bo‘ldi. Shu munosabat bilan 1-2 may kunlari respublikada milliy motam kuni deb e’lon qilingan.
Mahalliy OAVga ko‘ra, Tojikiston tomonidan mojaro vaqtida 10 nafargacha odam halok bo‘lgan, 90dan ko‘prog‘i yaralangan. Biroq Dushanbedan bu borada hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi