00:13 / 05.05.2021
2 543

Ashraf G‘ani toliblar bilan tinchlik sulhi tuziladigan bo‘lsa, prezidentlikdan voz kechishga tayyorligini bildirdi


Foto: Reuters
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani agar "Tolibon" harakati bilan tinchlik, o‘tish hukumatini shakllantirish va saylovlar o‘tkazilishi to‘g‘risida kelishuvga erishiladigan bo‘lsa, prezidentlikdan voz kechishga tayyorligini bildirdi.

"Men mamlakatda tinchlik o‘rnatilishi tarafdoriman. 2018 yil fevralda "Tolibon"ga sulh tuzishni taklif qilgandim. Mening hukumatim hali ham "Tolibon" bilan muzokara o‘tkazishga tayyor. Tinchlik ta’minlanadigan bo‘lsa, men ham muddatidan avval lavozimimdan ketishga tayyorman", deb yozdi u Foreign Affairs jurnalida chop etilgan maqolasida.

G‘anining fikricha, siyosiy barqarorlikka erishish uchun birinchi navbatda toliblar bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olish lozim. So‘ngra "tomonlar prezident, parlament va mahalliy saylovlarni o‘tkazish tartibini rejalashtiruvchi o‘tish hukumatini shakllantirish masalasini muhokama qilishi va qaror qabul qilishi kerak".

"Bu saylovlarda nomzodimni ilgari surmayman va prezidentlik muddati yakunlanguniga qadar lavozimimni tark etaman", - deb ishontirdi u.

Ashraf G‘anining so‘zlariga ko‘ra, "prezident Jo Baydenning Afg‘onistondan amerikalik harbiylarni olib chiqib ketish to‘g‘risidagi qarori mamlakat va uning qo‘shnilari uchun burilish davri hisoblanadi".

Afg‘oniston prezidentining fikricha, AQSH va uning qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi "afg‘on xalqiga haqiqiy suverenitetga erishish imkoniyatini beradi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ashraf G‘ani toliblar bilan tinchlik sulhi tuziladigan bo‘lsa, prezidentlikdan voz kechishga tayyorligini bildirdi