13:41 / 15.05.2021
2 087

Trampning 7ta farmoni bekor qilindi


Foto: «Gazeta.ru»
AQSH prezidenti Jozef Bayden bitta farmon bilan sobiq prezident Donald Tramp chiqargan yettita farmonni bekor qildi.
Oq uy xabariga ko‘ra, ular orasida ijtimoiy tarmoqlarda senzura va yodgorliklarni himoyalash haqidagilari ham bor.

Amerikada irqchilikka qarshi namoyishlar avjida mustamlakachilik zamonidan qolgan yodgorliklarni qo‘porib tashlash avjiga chiqqanidan so‘ng Tramp yodgorliklar va haykallarni himoyalash bo‘yicha imzolagan farmon endi kuchini yo‘qotdi.

Trampning AQSH qahramonlari haykallari bog‘ini yaratish to‘g‘risidagi, amaldorlarni turli me’yorlarni buzganligi uchun ta’qib qilishdan himoyalovchi, Amerika ko‘magi rebrendingi, onlaynda senzuraga barham berish to‘g‘risidagi farmonlari ham endi yo‘q.

Yuqoridagi farmonlarning aksariyatini Tramp 2020 yilning mayidan 2021 yilning yanvarigacha oraliqda imzolagan. Ayrimlarini Baydenning inauguratsiyasiga sanoqli haftalar qolganida tasdiqlagan, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Shuningdek, immigratsion hukumat amerikalik soliq to‘lovchilarga «yuk bo‘ladi» degan vaj bilan muhojirlarga kelib yashashi uchun ruxsat bermasligini kafolatlovchi Tramp farmonini ham Bayden «yashash uchun haqli emas» deb topdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning 7ta farmoni bekor qilindi