Amerika razvedka xizmatlarida koronavirusning yangi turini kelib chiqishini aniqlashga yordam beradigan ma’lumotlar mavjud. Bu haqda rasmiylar ma’lumotlariga asoslanib New York Times xabar qildi.
OAV xabarlariga ko‘ra, mavjud ma’lumotlar qo‘shimcha kompyuter tahlillarini talab qiladi. Shu bilan birga, manbalar hozirgi vaqtda qayta ishlanmagan ma’lumotlarni oshkor qilishdan bosh tortganlar.
Aytilishicha, ma’lumotlarda kasallikning Uxandagi labaratoriyadan tarqalish sabablari ko‘rsatilgan.
Avvalroq Wall Street Journal Amerika razvedkasining hisobotiga asoslanib maqola e’lon qildi. Unda Uxan virusologiya institutining uch xodimi 2019 yil noyabr oyida, yangi turdagi koronavirus haqida birinchi xabarlar paydo bo‘lishidan oldin og‘ir kasal bo‘lgani aytiladi.
Nashrning ta’kidlashicha, razvedka hisoboti Vashingtonning Xitoy laboratoriyasidan koronavirus sizib chiqish ehtimoli versiyasini tekshirgan.
Keyinchalik, Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan institut xodimlarining og‘ir kasalligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.
AQSH prezidenti Jo Bayden razvedka xodimlariga 90 kun ichida patogen kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv natijalari to‘g‘risida xabar berishni buyurgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?