Yerga qaytayotgan kosmik chiqindilar soni keskin oshdi

1 daqiqa o'qish265
Yerga qaytayotgan kosmik chiqindilar soni keskin oshdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSH Kosmik kuchlari so‘nggi 12 oy ichida 820 ga yaqin kosmik obyekt Yer atmosferasiga qaytayotgani haqida ogohlantirdi, 10 yil avval esa bunday holatlar 110 ta atrofida bo‘lgan.
  • Mutaxassislar o‘sishni SpaceX va boshqa kompaniyalar minglab sun’iy yo‘ldoshlardan iborat megakonstellyatsiyalarni orbitaga chiqarayotgani bilan izohlamoqda.

The New York Times yozishicha, Yer orbitasidagi kosmik chiqindilar soni tez sur’atlarda ortib bormoqda. Bu esa har yili atmosferaga qaytayotgan sun’iy obyektlar sonining ham ko‘payishiga olib kelmoqda.

Ma’lum qilinishicha, AQSH Kosmik kuchlari so‘nggi 12 oy ichida 820 ga yaqin kosmik obyektning Yer atmosferasiga qaytayotgani haqida ogohlantirgan. Taqqoslash uchun, 10 yil avval bunday holatlar soni atigi 110 ta atrofida bo‘lgan. Mutaxassislar bu o‘sishni asosan SpaceX va boshqa kompaniyalar tomonidan minglab sun’iy yo‘ldoshlardan iborat megakonstellyatsiyalar orbitaga chiqarilayotgani bilan izohlamoqda.

Yevropa Kosmik agentligi (ESA) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lchami bir metrdan katta bo‘lgan kosmik obyektlar o‘rtacha haftasiga bir marta Yer atmosferasiga qaytadi. Obyektlarning aksariyati atmosferaning yuqori qatlamlarida ishqalanish ta’sirida butunlay yonib ketadi.

Shu bilan birga, olimlar ayrim raketa bosqichlari va sun’iy yo‘ldoshlarning titan, zanglamas po‘lat yoki inkonel kabi yuqori haroratga chidamli qotishmalardan tayyorlangan qismlari to‘liq yonib ketmasligi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bunday bo‘laklar Yer yuzasigacha yetib kelishi ehtimoli mavjud, garchi bu kabi holatlar juda kam uchrasa ham.

Mutaxassislar fikricha, hozircha Yerdagi odamlar uchun xavf juda past. Chunki Yer yuzasining qariyb 75 foizi suv bilan qoplangan va ko‘plab chiqindilar aynan okeanlarga tushadi. Biroq kosmik parvozlar va sun’iy yo‘ldoshlar soni tobora ortib borayotgani sababli, kelgusida kosmik chiqindilarni nazorat qilish va ularni xavfsiz tarzda orbitadan chiqarish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Yer orbitasini o‘rab turgan ko‘p sonli koinot chiqindilari va sun'iy yo‘ldoshlar.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?