18:24 / 01.06.2021
3 078

Olimlar: COVID-19 odamlar tomonidan yaratilganiga oid dalillar bor


Foto: Reuters
COVID-19 laboratoriyada yaratilgan, shundan so‘ng xitoylik olimlar «izlarni yashirish uchun» virusning ko‘rshapalaklardan kelib chiqqani to‘g‘risidagi versiyani ilgari surgan. Bu haqda britaniyalik va norvegiyalik olimlar Angus Dalglish va Birger Syorensenning Quarterly Reviews of Biophysics jurnalida chop etiladigan yangi tadqiqotida aytilgan, deb yozadi «RBK».

Dalglish va Syorensen virusdan «noyob barmoq izlari»ni hamda uning biror ishonchli manbasi yo‘qligiga oid dalilni topgan.
Shundan kelib chiqib, olimlarning fikriga ko‘ra, virus faqat laboratoriyada olib borilgan ishlar natijasida yaratilgan bo‘lishi mumkin. Olimlar ilgari o‘z tadqiqotlari natijalarini nashr etishga uringani, ammo ular virusning tabiiy kelib chiqishiga ishongan ilmiy jurnallar tomonidan rad etilganini aytdi.

Hozirda bir qator mamlakatlarda COVID-19 paydo bo‘lishining versiyalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqida bahs ketmoqda.
Tadqiqotchilar 2002 yildan 2019 yilgacha Uxan shahridagi laboratoriyada o‘tkazilgan tajribalarga e’tibor qaratgan va ba’zilari Amerika universitetlari bilan hamkorlikda ish olib boradigan xitoylik olimlar virusni uning yuqumlilik darajasini oshiradigan tarzda o‘zgartirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borganini aniqlagan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, Xitoy g‘orlaridagi ko‘rshapalaklardan topilgan koronavirusdan olingan «asos»ga yangi «qism» qo‘shilgan, natijada yuqumliroq va o‘limga olib keluvchi SARS-CoV-2 paydo bo‘lgan.

Dalglish va Syorensen tomonidan aniqlangan musbat zaryadga ega to‘rtta aminokislotalar zanjiri virusga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu virusga «magnit kabi odam hujayralarining manfiy zaryadlangan qismlariga mahkam yopishib olishi va shu bilan yanada yuqumliroq bo‘lishiga imkon beradi», — deya tushuntirdi norvegiyalik olim.

«Ammo magnitlar singari musbat zaryadlangan aminokislotalar bir-biridan itariladi, shuning uchun tabiiy ravishda uchraydigan viruslarda hatto uchta aminokislota zanjiri ham kamdan kam uchraydi. To‘rttalik zanjirning bo‘lishi esa ehtimoldan yiroq», — dedi u.
Olimlarning xulosalarini sharhlar ekan, yuqumli kasalliklar bo‘yicha rossiyalik mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori Nikolay Malishev juda ko‘plab viruslar mavjudligini, ular, shu jumladan, nam va iliq iqlimga ega Janubi-Sharqiy Osiyoda ham uchrashini aytdi.

«Bunday ob-havo sharoitda virus RNK va DNK’sidagi turli xil o‘zgarishlar faol ravishda yuz berishi mumkin, bu esa ba’zi yangi qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga olib keladi», — deb izohladi u. Olimning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 tabiiy ravishda kelib chiqqan.

«Hamma narsa odamlar tomonidan biron bir maqsad bilan yaratilgan deb ishonadiganlar bor. Ammo virusning kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan, deb o‘ylayman. Insoniyat yaratilganidan beri mavjud epidemiyalarning barchasini: o‘lat, vabo va boshqa kasalliklar atayin yaratilgani haqidagi taxminlarni ilgari suradigan odamlar har doim bo‘lgan», — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: COVID-19 odamlar tomonidan yaratilganiga oid dalillar bor