
Foto: «Apnews.com.ua»
Janubiy afrikalik ayol birato‘la 10 nafar farzandni dunyoga keltirib, jahon rekordini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda mahalliy IOL portali.
Ta’kidlanishicha, Janubiy Afrikaning Gauteng provinsiyasidan 37 yoshli Gosiame Tamara Sitole homiladorligining sakkiz oyligida yetti o‘g‘il va uch qizni dunyoga keltirdi. Eng qizig‘i, shifokorlar sakkizta bola tug‘ilishini kutayotgan bo‘lishgan.
Avvalgi rekord atigi bir oy davom etdi — uni birato‘la to‘qqiz bolani dunyoga keltirgan Mali fuqarosi o‘rnatgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar