2 661
Xitoylik ota mashaqqatli urinishlardan keyin 24 yil avval o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘lini topdi
Foto: Daily Mail
Xitoyda Go Gontan ismli erkak ko‘p yillik mashaqqatli izlashlardan keyin 24 yil avval o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘li bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Ota buning uchun butun mamlakat bo‘ylab motosiklda 500 ming kmdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tdi va ko‘plab mashaqqatlarni boshdan kechirdi.
Erkakning o‘g‘li bolalik vaqtida Shandun provinsiyasidagi uyi oldida yolg‘iz o‘ynab yurganda odamfurushlar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Gumonlanuvchilardan biri – Tan ismli ayol bolani ushlab, avtobus bekatiga olib borgan. U yerda ayolni Xu ismli sherigi kutib turgan. So‘ngra juftlik shaharlararo avtobusda bolani qo‘shni Xenan provinsiyasiga olib borgan va u yerda sotib yuborgan.
Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya bolaning shaxsini DNK tahlili bo‘yicha aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq bolani o‘g‘irlab ketgan jinoyatchilar ham topilib, qo‘lga olingan.
Jigarbandidan ayrilgan erkak o‘z o‘g‘lini qidirish vaqtida ko‘plab mashaqqatlarga duch keldi. Jumladan, u kaltaklanishlar va talanishlarni boshdan o‘tkazdi, hattoki och qolgan kunlari ham bo‘ldi. Ota o‘g‘lini qidirish vaqtida 10ta motosiklni almashtirishiga, bor budini sarflashiga to‘g‘ri keldi. E’tiborlisi, u bu vaqt ichida 7 nafar o‘g‘irlab ketilgan boshqa bolani topishda va ota-onasiga qaytarishda yordam berdi.
Va nihoyat, 2021 yilda ota o‘zining ancha ulg‘ayib qolgan o‘g‘li bilan topishish baxtiga muyassar bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, o‘g‘il o‘qishni bitirib, hozirda o‘qituvchi bo‘lib ishlamoqda.
Xitoyda bolalar o‘g‘irligi katta muammo hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda har yil 20 minggacha bola o‘g‘irlab ketiladi. Ulardan ko‘pchiligi mamlakat ichida va xorijda boqib olish uchun sotib yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?