Foto: Wikipedia
14 iyulda AQSHning birdaniga beshta harbiy samolyoti Rossiya chegaralari yaqinida ko‘p soatlik parvozlar amalga oshirdi. Bundan parvozlarni monitoring qiluvchi g‘arb axborot resurslari ma’lumotlari darak bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning raqib kuchlari joylashuvi haqidagi axborotni yig‘ish va aviatsiya zarbalarini boshqarish vazifalarini bajaruvchi razvedka samolyoti E-8C Joint STARS Estoniya havo hududida Rossiyaning Leningrad va Pskov oblastlari chegarasi yaqinida parvoz qilgan. Samolyot AQSHning Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasidan havoga ko‘tarilgan.
AQSH armiyasining yana ikkita radioelektron razvedka samolyoti Beechcraft RC-12X Guardrail Litvaning Shyaulyay shahridagi bazadan havoga ko‘tarilib, Litva havo hududida Kaliningrad oblastining shimoliy qismi bo‘ylab parvozlarni bajargan.
Keyinroq AQSH armiyasining yana bir samolyoti Bombardier Challenger 650 ARTEMIS Kaliningrad oblastidan shimolda Litva osmonida 5 soat davomida topshiriq bajargan. Samolyot Ruminiyaning Konstansa shahri yaqinidagi aeroportdan uchgan.
Bundan tashqari, Qora dengizda AQSH harbiy-havo kuchlarining strategik razvedka samolyoti RC-135V Rossiya chegaralari yaqinida ko‘p soatlik parvozni amalga oshirgan. U Krasnodar o‘lkasi sohillari va Qrim janubi bo‘ylab uchib, so‘ngra 5 soatdan ko‘proq vaqt davomida yarimorolning janubi-g‘arbiy qismi yaqinida uchib yurgan.
Bundan tashqari, 14 iyulda AQSH harbiy-dengiz kuchlarining kemalarga qarshi P-8A Poseidon samolyoti Suriyada Rossiya harbiy-dengiz floti moddiy-texnik ta’minot bazasi va Hmaymim aviabazasi joylashgan hudud ustida uchib yurgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi