15:30 / 27.07.2021
6 753

Olimlar yaqin 10 yilda rekord darajadagi jazirama haqida ogohlantirishdi

Olimlar yaqin 10 yilda rekord darajadagi jazirama haqida ogohlantirishdi

Yer sayyorasida ob-havoning ko‘tarilishi yaqin o‘n yil ichida rekord darajaga yetishi mumkin. Syurix Oliy texnika maktabi olimlari shunday xulosaga kelishgan. Tadqiqot ma’lumotlari Nature Climate Change jurnalida chop etilgan.

Mualliflarning fikriga ko‘ra, yaqinda sodir bo‘lgan anomal issiq to‘lqin Yevropa, Osiyo va Qo‘shma Shtatlarning aksariyat qismida harorat ko‘tarilishining muqaddimasi hisoblanadi.

G‘ayritabiiy isishning oldingi davrlaridagi ma’lumotlariga asoslanib, olimlar bir haftalik modelni yaratdilar. Ular issiqxona gazlari chiqindilari darajasida haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari qanday o‘zgarib turishi ustida tadqiqot o‘tkazdilar. 

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 2021-2050 yillarda rekord darajadagi issiqlik to‘lqinlari ikki-yetti marta ko‘proq, 2051-2080 yillarda esa uchdan 21 martagacha oshishi mumkin.

Hozirgi vaqtda Yer har o‘n yilda Selsiy bo‘yicha 0,18 darajaga isimoqda – bu avvalgi 40 yilga nisbatan ancha tezroq.
«Tadqiqotimizning asosiy xulosasi shundan iboratki, yaqin o‘n yilliklarda biz o‘tgan harorat ko‘rsatkichlaridan sezilarli darajada oshib ketadigan ko‘proq issiqlik to‘lqinlariga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», – deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Erik Fisher.
Uning so‘zlariga ko‘ra, olingan natijalar zararli gazlar chiqindilarini kamaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Turli mamlakatlarning ko‘plab olimlari shveysariyalik hamkasblarining xulosalarini qo‘llab-quvvatladilar, ammo ba’zilari ularni tugallanmagan deb hisoblashgan.

Masalan, Pensilvaniya universitetidan Maykl Mann tadqiqot mualliflari o‘zlarining modellarida hodisalar va atmosfera aylanishi fizikasini yetarlicha hisobga olmaganligini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Olimlar yaqin 10 yilda rekord darajadagi jazirama haqida ogohlantirishdi
[/banner_pushhouse