O‘zbekistonlik olimlar Afg‘oniston hududida topilgan oltin xazinani sinchiklab o‘rganishga kirishadi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.
Ma’lumki, Afg‘oniston hududida topilgan “Kushon oltini” xazinasi insoniyat tarixida eng yirik va eng boy oltin buyumlar xazinasi hisoblanadi. Ushbu xazina 1978 yilda sovet-afg‘on arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan edi.
Uning tarkibiga eramizning I-IV asrlariga doir 20 ming oltin buyumlar kiradi. O‘sha vaqtda Afg‘onistonda urush boshlanib qolishi munosabati bilan Kushon xazinasi oxirigacha qazib olinmagan. Qazib olingan buyumlar esa to‘liq Qobuldagi Milliy muzeyga topshirilgan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari kelishuviga ko‘ra, o‘zbekistonlik olimlar ushbu bebaho xazinaning buyumlari bilan ishlash, ularni o‘rganish, suratga tushirish imkoniga ega bo‘lishdi. Izlanishlar natijasida ushbu xazinaga bag‘ishlangan kitob-albom chop etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi