Telefoniga chalg‘igan erkak ikkinchi qavatdan qulab tushdi

Telefoniga chalg‘igan erkak ikkinchi qavatdan qulab tushdi

Vetnamdagi qurilish maydonlaridan birida erkak telefoniga chalg‘ib, ikkinchi qavatdan pastga qulab tushdi. Voqeaning dahshatli lahzalari kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Bu haqda Haberler xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak qurilish ishlarini nazorat qilish uchun obyektga kelgan. U ikkinchi qavatda yurib, telefon ekraniga qaragan holda harakatlangan. Shu sababli oldidagi ochiq pol qismidagi katta bo‘shliqni payqamay qolgan.

Oradan bir necha soniya o‘tib, erkak bo‘shliqqa tushib, pastki qavatga qulab tushgan. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortgan.

Ayrim xabarlarda erkak yiqilish oqibatida bir nechta jarohat olgani va shifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda. Biroq uning hozirgi sog‘lig‘i haqida ishonchli va aniq ma’lumot berilmagan.

Mazkur holat qurilish maydonlari kabi xavfli hududlarda bir lahzalik chalg‘ish ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar