12:20 / 16.08.2021
1 591

Kobul aeroportiga Afg‘onistonni tark etishni istovchi yuzlab odamlar yo‘l oldi

Kobul aeroportiga Afg‘onistonni tark etishni istovchi yuzlab odamlar yo‘l oldi
Foto: uk.news.yahoo.com
Afg‘onistonda hokimiyatni toliblar egallagandan keyin yuzlab afg‘onlar va boshqa davlat fuqarolari mamlakatni tark etish uchun Kobul aeroportiga yo‘l oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning kamida 78 ta harbiy transport samolyoti amerikalik diplomatlar, NATO xodimlari va g‘arbga “Tolibon”ga qarshi kurashda yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish uchun yo‘naltirilgan.

Bundan tashqari, ushbu amaliyotga Britaniyaning 10 ta va Kanadaning 4 ta samolyoti ham jalb qilingan. Yaqin soatlarda Germaniya va Ispaniya samolyotlari kelishi kutilmoqda.

Foto: t.me/Ateobreaking
Ta’kidlanishicha, Kobul aeroporti Afg‘onistonda toliblar o‘z nazoratini o‘rnatmagan yagona joy bo‘lib qolmoqda. G‘arb OAV ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportga olib boruvchi yo‘lda harbiy yo‘ltanlamaslarda jangarilar borligi kuzatilmoqda, vaqti-vaqti bilan o‘q ovozlari eshitilmoqda, osmonda vertolyotlar uchib yuribdi.

Aeroportga kirish joylari NATO va afg‘on armiyasi tomonidan qo‘riqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobul aeroportiga Afg‘onistonni tark etishni istovchi yuzlab odamlar yo‘l oldi