Foto: Twitter / @KhudroM
29 avgust kuni kunduzi Kobul aeroporti atrofida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi Meduza Al-Arabiya’ga tayanib. Ijtimoiy tarmoqlarda portlash oqibatlari aks etgan videolar tarqalmoqda: uylar ustidan qora tutun ko‘tarilmoqda.
Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi aeroport yaqinida portlash sodir bo‘lganini BBC News’ga tasdiqlagan.
«RIA Novosti» manbasiga ko‘ra, portlash raketa zarbasi natijasida yuzaga kelgan. BBC News’ning SSVdagi manbasi aytishicha, raketa turar joyga kelib tushgan.
Keyinroq Reuters xabar berishicha, Kobuldagi portlash AQSHning ISHID terrorchilari deb gumon qilingan shaxslarga nisbatan raketa zarbasi natijasida yuz bergan.
Al-Arabiya’ning yozishicha, hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular orasida ayollar va bolalar bor.
26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida bir nechta portlash sodir bo‘ldi, oqibatda 200 dan ortiq odam, shu jumladan, 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgandi. ISHID terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. AQSH prezidenti Jo Bayden terrorchilarning yetakchilari va ob’ektlariga zarbalar berishga tayyorlanishni buyurdi.
Aeroport yaqinidagi teraktdan keyin Jo Bayden Kobulda terrorchilarning yangi hujumlari ehtimoli haqida ogohlantirdi. 28 avgust kuni Amerika prezidenti AQSH qo‘mondonligi ma’lumotlariga tayanib, yaqin 24—36 soat ichida yangi hujum yuz berishini ma’lum qilgandi.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi