Foto: «TASS»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov III darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayevga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Dudayev bu mukofotni ulug‘ va muhim ahamiyatga ega deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov ushbu ordenni Chechenistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun olgan.
Dudayevning ta’kidlashicha, tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Hujjat rasmiy axborot portalida hali e’lon qilinmagan.
2006 yilda Qodirov IV darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan edi. Shuningdek, u Jasorat (2003) va Sharaf (2015) ordenlari , II darajali «Harbiy jasorati uchun» medali (2000) va Ahmad Qodirov nomidagi Checheniston ordeni (2005) bilan taqdirlangan. 2006 yilda u Rossiya Qahramoni unvonini oldi. Bundan tashqari, Qodirov «Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy madaniyat xodimi» (2003) va «Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan bunyodkor» (2006) faxriy unvonlariga ega.
2020 yilning 23 iyulida Putin Qodirovga Rossiya gvardiyasi general mayori unvonini bergandi. Taqdirlashdan bir necha kun oldin AQSH Davlat departamenti uni qora ro‘yxatga kiritgan, Checheniston rahbari va uning oila a’zolariga mamlakatga kirishni taqiqlagan edi.
Chechenistonda 17—19 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlarda Qodirov respublika rahbari etib qayta saylandi va to‘plagan ovozlari soni bo‘yicha jahon rekordini yangiladi: u 99,7 foiz ovoz olgan. Qodirov 2011 yil 5 apreldan Chechenistonni boshqarib keladi. Bungacha u hudud hukumati raisi va respublika prezidenti bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi