Foto: TASS
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziyada ushlandi. U avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda vataniga qaytganini ma’lum qilgandi. Siyosatchining qo‘lga olinganini Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili ma’lum qildi.
“Men Gruziyaning uchinchi prezidenti, qidiruvda bo‘lgan Mixail Saakashvili qo‘lga olingani va axloq tuzatish muassasasiga olib ketilganini ma’lum qilmoqchiman”, deb aytgan Garibashvili brifingda.
Bosh vazir sobiq prezidentning qo‘lga olinishi tafsilotlarini ma’lum qilmagan, faqat respublika huquq-tartibot idoralari Saakashvilini ushlash bo‘yicha amaliyotni “oliy darajada” o‘tkazishganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, kuch tuzilmalari Saakashvilining Ukrainadan Gruziyagacha harakatlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan.
“Qo‘lga olishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omillarni minimallashtirish uchun qulay vaqt va joy tanlandi”, deb qo‘shimcha qilgan Garibashvili va kuch tuzilmalariga o‘tkazilgan amaliyot uchun minnatdorlik bildirgan.
Ta’kidlanishicha, Saakashvili hozirda Tbilisidagi turmada ushlab turilibdi. U bir qator jinoyatlar bo‘yicha 9 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. U ikkita jinoiy ish bo‘yicha sirtdan jazolangan, biroq boshqa ishlar bo‘yicha hali hukm chiqarilmagan.
1 oktabr ertalab Saakashvili ijtimoiy tarmoqlarda Gruziyaga kelganini va Batumida ekanini ma’lum qilgan. O‘z navbatida Gruziya ichki ishlar vazirligi va OAV siyosatchi Ukraina hududini tark etmaganini ta’kidlagan.
Ukrainada Saakashvili tashabbusi bilan tashkil etilgan oddiy yechimlar va natijalar ofisi rahbari Mariya Barabash Gruziyaning muxolif telekanali “Mtavari arxi”ga Gruziyaning sobiq prezidenti vatanida ekanini tasdiqlagan.
Gruziyaning hukmron “Gruziya orzusi” partiyasida Saakashvili aslida Ukrainaning Truskaves shahrida ekani, ijtimoiy tarmoqlardagi postida esa montaj qo‘llangani ma’lum qilingan.
Avvalroq Saakashvili Gruziyaga Kiyev – Tbilisi aviareysi bilan mamlakatda 2 oktabrda o‘tadigan saylovlardan keyin kelishini ma’lum qilgan.
Mixail Saakashvili 2004–2013 yillar davomida Gruziya prezidenti lavozimini egallagan. 2013 yillarda o‘tgan navbatdagi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, mamlakatni tark etgan. So‘ngra u Ukrainada siyosat bilan shug‘ullana boshlagan. 2015 yilda Odessa oblasti gubernatori etib tayinlangan, prezident Pyotr Poroshenkoning maslahatchisi bo‘lgan. Biroq 2016 yilda siyosatchi Poroshenko bilan ziddiyatga borib, muxolifatga o‘tgan, Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan va 2018 yilda deportatsiya qilingan.
2019 yilda Ukrainada hokimiyat tepasiga Vladimir Zelenskiy kelgandan keyin Saakashviliga Ukraina fuqaroligi qaytarib berilgan va u Kiyevga qaytgan. Hozirda u Ukrainada islohotlar amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Gruziyada esa uning “Yagona milliy harakat” partiyasi bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?