Foto: «RIA Novosti»
Rossiya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Osetiya — Alaniya Respublikasi poytaxti Vladikavkazdagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahbuslar qo‘zg‘olon uyushtirdi. Tartibsizliklar 15 oktabr kuni kunduzi boshlandi, ularda 200 dan 600 nafargacha mahbus qatnashdi. Baza yozishicha, mahbuslar koloniya hududidagi videokuzatuv kameralarini sindirib, eshiklarni buzgan.
Tunda esa koloniyada yong‘in boshlangan, ammo u tezda o‘chirilgan. Koloniya atrofidagi hudud qurshab olindi, u yerga «Rosgvardiya» va OMON (maxsus topshiriqli harakatchan otryadlar) qo‘shimcha kuchlari joylashtirildi. FSIN (Jazolarni ijro etish federal xizmati) 16 oktabr kuni ertalab «vaziyat normallashgani» haqida hisobot berdi. Tartibsizliklarni boshlab berganlikda gumonlanayotgan bir nechta mahbus boshqa koloniyalarga o‘tkaziladi.
FSIN da’vo qilishicha, qo‘zg‘olon jarima izolyatorida saqlangan ikki nafar «salbiy yo‘nalishga ega» mahbus tomonidan uyushtirilgan. Muassasa bayonotida aytilishicha, ular rejali tintuv chog‘ida xodimlarga bo‘ysunishdan bosh tortgan, shundan keyin «boshqa mahbuslarni ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga da’vat etgan». Ayni vaqtda, voqea joyida 16 oktabrga o‘tar kechasi qayd etilgan videotasvirlarda koloniyadan tez yordam mashinalari chiqib ketayotganini ko‘rish mumkin.
Isyondan avval mahbuslar koloniya xodimlari tomonidan do‘pposlangan. Bu haqda mahbuslardan biri Mash’ga ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tintuv chog‘ida xodimlar jarima izolyatorida saqlanayotganlarni rezina dubinkalar bilan do‘pposlagan. Do‘pposlashlarga norozilik belgisi sifatida mahbuslar o‘z badanlarini kesib jarohatlagan, ammo ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, ma’muriyatning ushbu norozilikka qarshilik ko‘rsatishga urinishi esa qo‘zg‘olonni keltirib chiqargan.
«Mushtlab ura boshlashdi, mahbuslarni dubinka bilan kaltaklashdi, shunday qilib janjal boshlanib ketdi», — dedi u. Yana bir mahbusning aytishicha, do‘pposlashlarda koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari Aleksandr Orlovning shaxsan o‘zi qatnashgan. Mahbuslar rejali tintuvga qarshilik ko‘rsatganini inkor etmoqda.
O‘tgan hafta koloniya mahbuslari ochlik e’lon qilgan edi, dedi Shimoliy Osetiyada inson huquqlari bo‘yicha vakil Tamerlan Sgoyev, u qo‘zg‘olondan keyin koloniyani borib ko‘rdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochlik e’lon qilinishiga rejimning kuchaytirilishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, Sgoyev qayd etishicha, koloniya juda eski bo‘lib, u yerda infratuzilma bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bo‘lgan, ular esa qonun buzilishlariga olib kelgan. Mash mahbuslarning qarindoshlariga tayanib yozishicha, koloniyada may oyida rahbariyat o‘zgarganidan keyin rejim kuchaytirila boshlagan — qarindoshlar bilan uchrashuvlarga cheklovlar qo‘yila boshlagan, mahbuslarga berib yuboriladigan buyumlar (peredacha) uchun talablar kuchaytirilgan.
Qo‘zg‘olon holati bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyat ishi ochdi. U ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va ularda qatnashish to‘g‘risidagi modda bo‘yicha tergov qilinadi. Gumonlanuvchilar haqida ma’lum qilinganicha yo‘q. Hodisa tafsilotlarini aniqlashtirish uchun FSIN Shimoliy Osetiyaga xizmat direktori o‘rinbosari Rustam Stepanenko rahbarligida komissiya jo‘natdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi