
Foto: EPA
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili sobiq prezident Mixail Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytdi.
"Sobiq prezidentni afv etish borasida mening pozitsiyam aniq va o‘zgarmaydi – yo‘q va hech qachon. Bu masalaga boshqa qaytmayman", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili siyosiy mahbus hisoblanmaydi. "Sobiq prezident na siyosiy mahbus, na begunoh qurbon talabiga javob beradi. U mamlakatga o‘z ixtiyori va noqonuniy yo‘l bilan kelgan. Uning kelishdan maqsadi beqarorlik chiqarish bo‘lgan", - dedi Zurabishvili.
Ayni vaqtda Saakashvili Rustavi shahridagi qamoqxonada ushlab turilibdi. U Gruziyaga qaytgandan keyin 1 oktabrda hibsga olingandi. O‘shandan beri sobiq prezident hibsga olinishiga norozilik sifatida ochlikni davom ettirmoqda.
Saakashvili vatanida bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha maksimal 6 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. 20 oktabrda unga yana bir ayblov – Gruziya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovi bildirilgan.
Siyosatchi ayni vaqtda Ukraina fuqarosi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar