09:00 / 25.11.2021
2 232

Shvetsiya Bosh vaziri saylanganidan bir necha soat o‘tib iste’foga chiqdi

Shvetsiya Bosh vaziri saylanganidan bir necha soat o‘tib iste’foga chiqdi
Foto: «Di.se»
Shvetsiyaning Sotsial-demokratik mehnat partiyasi rahbari Magdalena Andersson «Yashillar»ning hukumatni tark etish qaroridan so‘ng, mamlakat bosh vaziri etib saylanganidan bir necha soat o‘tib, iste’foga chiqdi, deb xabar bermoqda Shvetsiyaning Radio Sweden radiostansiyasi.

«Shvetsiyaning yangi saylangan bosh vaziri Magdalena Andersson parlamentdagi ovoz berishda bosh vazir etib saylanganidan bir necha soat o‘tib iste’foga chiqdi», — deyiladi radiostansiya xabarida.

Chorshanba kuni Shvetsiya hukumati budjeti loyihasi Shvetsiya Riksdagida (mamlakat parlamenti) bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijasida ko‘pchilik ovozga ega bo‘lmadi, aksariyat deputatlar muxolifat taklif qilgan loyihani qo‘llab-quvvatlashdi.

Shundan so‘ng, Atrof-muhit partiyasi Shvetsiyadagi ozchilik hukumatini tashkil etuvchi koalitsiyadan chiqishini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiya Bosh vaziri saylanganidan bir necha soat o‘tib iste’foga chiqdi