17:25 / 29.11.2021
2 490

«Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston ko‘magiga muhtoj bo‘lmaydigan Harbiy havo kuchlarini yaratish niyatida

«Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston ko‘magiga muhtoj bo‘lmaydigan Harbiy havo kuchlarini yaratish niyatida
Foto: TOLOnews
«Tolibon» xorij davlatlarining, xususan, O‘zbekiston va Tojikistonning qo‘llab-quvvatlovi talab etilmaydigan Harbiy havo kuchlarini (HHK) yaratish niyatida. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vaziri Muhammad Yoqubga tayanib, TOLOnews telekanali xabar berdi.

«Biz AQSH, Hindiston, Pokiston, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘llab-quvvatloviga muhtoj bo‘lmaydigan Harbiy havo kuchlarini yaratamiz», — deydi «Tolibon» asoschisi mulla Umarning o‘g‘li Muhammad Yoqub.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi (keyinroq oxiriga qadar tekshirilmagani ma’lum qilingan) mamlakat havo makonini ichida 585 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot kesib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kuzatuv davomida Embraer-314 va MiG-29 samolyotlari to‘qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Oktabr oxirida Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori (SIGAR) hisobotida toliblar tomonidan ag‘darilgan hukumatning Harbiy havo kuchlariga tegishli harbiy samolyotlarning chorak qismi O‘zbekiston va Tojikistonda ekanligi ma’lum qilingandi. «Tolibon» Afg‘onistonni egallagunga qadar mamlakat harbiy aviatsiyasida 160 ta samolyot bo‘lgan. Olib qochilgan texnikalar taqdiri nima kechgani hozirgacha noma’lum.

Avgust oyi oxirida The Wall Street Journal nashri rasmiy manbalarga tayanib, O‘zbekiston hukumati AQSHni bir guruh yuqori malakali afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini mamlakatdan chiqarib yuborishga to‘g‘ri kelayotganidan ogohlantirgani haqida yozgan edi. O‘zbekiston «Tolibon» bilan «keskin munosabatlardan qochish» maqsadida AQSHdan uchuvchilarni uchinchi mamlakatga ko‘chirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni so‘ragan. Sentabr o‘rtalariga kelib esa O‘zbekistondagi afg‘onistonlik uchuvchilar AQSHning Dohadagi harbiy bazasiga olib ketilishi ma’lum bo‘lgandi. Keyinroq O‘zbekiston TIV barcha afg‘onistonlik harbiylar mamlakatni tark etganini e’lon qildi. Noyabr boshlarida Tojikistondagi 140 dan ortiq afg‘on uchuvchisi AQSH yordamida mamlakatni tark etgani ma’lum qilindi.

«Fergana.ru»ning yozishicha, «Tolibon» rasmiylari 100 ming harbiydan iborat armiyani shakllantirishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar 1996 yildan 2001 yilga qadar Afg‘onistonni boshqargan vaqtida ularning o‘z HHKlari bo‘lgan. Jangovar samolyotlari yordamida ular 1995 yilning avgustida «Tolibon»ga qarshi kuchlarga qurol olib ketayotgan Rossiyaning «Aerostan» kompaniyasiga tegishli Il-76 transport samolyotini qo‘ndirgan. Toliblarning MiG-21 qiruvchi samolyoti Rossiya transport samolyotini o‘z nazorati ostidagi Qahdahorga qo‘nishga majbur qilgan. 378 kun davom etgan asirlikdan keyin ekipaj a’zolari o‘zlarining Il-76 samolyotida Afg‘onistondan qochishga muvaffaq bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston ko‘magiga muhtoj bo‘lmaydigan Harbiy havo kuchlarini yaratish niyatida