Foto: IRAKLI GEDENIDZE / POOL / AFP
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisidagi sudda o‘ziga nisbatan ilgari surilgan navbatdagi ayblov bo‘yicha sudlanmoqda. Oldingi safar tadbirkorning mulkini noqonuniy musodara qilishda ayblangan sobiq prezident bu gal davlat pullarini o‘zlashtirish ayblovi bilan sud qilinmoqda.
«Adolatsizlikka, haqoratga va ismim korrupsiya so‘zi bilan yonma-yon tilga olinishiga toqat qila olmayman», dedi sud zalida nutq so‘zlar ekan Saakashvili. U bu gal ham oynali qafasda turib sudda ishtirok etdi. Uni Goridagi harbiy hospitaldan sudga olib kelishdi. Siyosatchi u yerda 50 kun davom etgan ochlik isyonidan keyin tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.
Saakashvili o‘zining prezidentlik davrida korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurasha olgani bilan maqtanadi va u o‘ziga qarshi davlat pullarini o‘zlashtirish ayblovi qo‘yilgani sha’nining toptalishi deb qabul qilmoqda. 2010 yillarda paydo bo‘lgan bu ayblovlar bo‘yicha Saakashvili lavozimdan ketgach, 2014 yil ish ochilgan. Ammo ilk marta bu ish bo‘yicha sud jarayonida ayblanuvchi sifatida sobiq prezidentning o‘zi qatnashdi.
Ayblovga ko‘ra gap 9 million lari (2,9 million dollar atrofida) haqida ketmoqda. Ya’ni Saakashvili prezidentlik lavozimi vaqtida shuncha pulni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda. Qoralovchi tomonning ma’lum qilishicha, bu sarflar sirli qolishini o‘sha vaqtda prezident qo‘riqchilari maxsus bo‘linmasini boshqargan va hozirda parlament deputati bo‘lgan Teymuraz Janashiya ta’minlagan. Janashiyaning o‘zi ham ishga ayblanuvchi sifatida jalb etilgan va u ayblovni safsata deb atamoqda.
Saakashvilining vakillari bu Gruziya hukumati uning nomini qora qilish uchun amalga oshirayotgan navbatdagi ayblovlardan biri ekanini aytishmoqda. Ularning ikkitasi bo‘yicha Saakashvili sirtdan 6 yil qamoq jazosiga ham hukm qilingan.
«Sharmandali ayblovlar»
Saakashvilining himoyachisi sud jarayoni maksimal ochiq yoritilishi va jonli efirda olib berilishi uchun kurashdi. Sud zalida nutq so‘zlar ekan Saakashvili avvalo OAV vakillariga minnatdorchilik bildirdi. Siyosatchi o‘zini Gruziya hukmron partiyasi asoschisi Bidzin Ivanishvili hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin buyurtmasi bilan tashkil etilgan qiynoqlar qurboni deb atadi.
«Mamlakatni yuqori darajada munosib namoyish qilishga intilganim va shunchaki davolanganim uchun o‘g‘riday sud qilishmoqda», dedi mamlakat pullarini o‘z manfaati yo‘lida ishlatmaganiga qasam ichar ekan Saakashvili.
Botoksmi yoki muolaja?
Prokuratura aybloviga ko‘ra, Saakashvili Britaniyadan 7ta pidjak sotib olgan va bu uchun davlat pullari sarflangan. Siyosatchining himoyachilari bu ayblovni ham absurd deb atashmoqda. Hukmron partiya vakillari esa chinakamiga «beldan pastga urib» navbatdagi ayblovni ilgari surishdi. Unga ko‘ra, Saakashvili go‘yoki labi chiroyli ko‘rinishi uchun ularni Nyu-Yorkda botoks qildirgan.
«Afsonaviy botoks aybloviga keladigan bo‘lsak, bu yolg‘ondan boshqa narsa emas. Bu amaliyot olib borilgan klinikalardan ma’lumot olib ko‘ring-chi, bu muolaja bo‘lganmikin yoki kosmetik operatsiyami? Menda 2008 yildan keyin teri kasalligi paydo bo‘lgandi», dedi Saakashvili.
Foto: Getty Images
Ayblovchi tomon Saakashvili 2009 yil Nyu-Yorkda epilyatsiya va botoks uchun davlat pullaridan sarflagani, shuningdek, u sotib olgan pidjaklar cheki ham borligini aytgan. Biroq har qanday oddiy klinikalarda qilinishi mumkin bo‘lgan bu amaliyot nega AQSHda amalga oshirilganiga izoh berilmagan.
Tailand. Ikki kecha uchun 19 ming dollar
Ayblovlardan yana biri – Saakashvilining Tailandga safari. Prokuror Georgiy Mujirining aytishicha, Saakashvili u yerdagi mehmonxonada ikki kecha qolib, 19 ming dollar to‘lagan. Shuningdek, prokuror bu tashrif davlat uchun qanday ahamiyatga egaligi borasida hech qanday hujjat topa olmaganini aytgan.
Saakashvili bu ayblov bo‘yicha ham o‘zini oqlashga harakat qilgan. Uning aytishicha, Rossiya o‘sha vaqtda ba’zi olisdagi orol davlatlarga Abxaziya va Osetiyani tan olishlari uchun pul taklif qilib yurgan.
«Bu vaqtda bizga Avstraliya hukumati yordam berdi. Ular mana shunday davlatlarning bosh vazirlari yoki vazirlarini biror yerga yig‘ib, norasmiy uchrashuv tashkillashtirishni taklif qilishdi. Biz Tailandni tanladik. Kerakli odamlarni chaqirdik, ularga qimmatli sovg‘alar berdik. Bu uchun esa menda pul yo‘q edi. Ha, davlat pullari sarflandi, lekin mening ehtiyojim uchun emas, Abxaziya va Osetiya okkupatsiyasining oldini olish uchun», dedi siyosatchi.
«Bugun guvoh bo‘ldikki, Saakashvili o‘z ehtiyoji uchun ishlatgani aytilgan pullar aslida davlatning norasmiy funksiyalari uchun ishlatilgan», dedi Saakashvilining advokatlaridan biri Beka Basiliya jurnalistlar bilan suhbatda. Qoralovchi tomon esa aksincha, Saakashvili o‘z aybini tan oldi deb hisobladi.
Sud majlisi tugagandan keyin Mixail Saakashvilini yana Goridagi hospitalga olib ketishdi. U 50 kunlik ochlikdan keyin hospitalda tiklanish jarayonida bo‘lib turibdi. Sobiq prezident davlat pullarini o‘zlashtirgani ayblovi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 27 dekabr kuni o‘tkaziladi. Saakashvilini olib ketgan maxsus avtomobil sud binosidan chiqayotganda siyosatchining tarafdorlari tomonidan olqishlar bilan kuzatib qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi