14:18 / 25.12.2021
1 771

Indoneziya Rossiyadan qiruvchi samolyot olmaydigan bo‘ldi

Indoneziya Rossiyadan qiruvchi samolyot olmaydigan bo‘ldi
Indoneziya Rossiyadan qiruvchi samolyot olish fikridan voz kechdi, buning o‘rniga Fransiya va Amerikadan oladi, deya xabar beradi Bi-bi-si.

Indoneziya Rossiyadan Su-35 samolyotlari o‘rniga Fransiyaning Rafale va Amerikaning F-15EX, samolyotlarini sotib olishi haqida Indoneziya harbiy-havo kuchlari shtab boshlig‘i, havo kuchlari bosh marshali Fajar Praseto ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Su-35 xarididan voz kechilishining sababi budjet bilan bog‘liq.

Boshida aytganimdek, aviatsiya rivoji haqiqatan ham, budjetga bog‘liq va agar bu imkon bermasa, biz muzokaralarni davom ettirmaymiz, endi bizning maqsadimiz – Rafale”, – dedi u.

Indoneziya 2018 yilning fevral oyida “Rosoboroneksport” bilan 11 ta Su-35 samolyotini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 1,14 milliard dollarlik shartnoma imzolagan edi.

Biroq 2018 yil oktabr oyida “Kommersant” gazetasi shartnomani amalga oshirish bilan bog‘liq muammolar boshlangani haqida maqola chop etdi.

Gap shundaki, Vashington Jakartaga ushbu kelishuv “Amerikaning dushmanlariga sanksiyalar orqali kurashish to‘g‘risida”gi qonun (CAATSA) doirasida sanksiyalarga olib kelmasligiga kafolat bermagan. “Kommersant”ning yozishicha, kreditlash sxemasida ishtirok etgan tijorat banki ham sanksiyalar tahdidi ostida qolgan.

“Amerikaning dushmanlariga sanksiyalar orqali kurashish to‘g‘risida”gi qonun AQSH Moliya vazirligiga Rossiya harbiy eksportchilari yoki ularning vakillari bilan muhim bitimlar tuzgan kompaniyalar va shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi.

Indoneziyaning Rossiyadan qiruvchi samolyot olish haqidagi fikrini o‘zgartirishiga aynan shu qonun sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shunday qilib, Indoneziya va Fransiya o‘rtasida 36 ta Rafale qiruvchi samolyoti yetkazib berilishi haqida shartnoma imzolandi. Joriy yil iyunida tuzilgan shartnomaning tafsilotlari oshkor etilmadi.

Dekabr boshida esa Indoneziya AQSHdan F-15EX samolyotlarini sotib olishi ma’lum bo‘ldi. Agar tomonlar kelisha olsa, samolyotlar Indoneziyaga 2027 yildan keyin yetib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziya Rossiyadan qiruvchi samolyot olmaydigan bo‘ldi