17:50 / 03.01.2022
1 053

Saakashvili yana ochlik e’lon qilish bilan tahdid etdi

Saakashvili yana ochlik e’lon qilish bilan tahdid etdi
Foto: Reuters
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili uning yoniga xorijlik shifokorlar qo‘yilishini hamda advokatlar bilan alohida gaplashish huquqi berilishini talab qilmoqda. Uning advokati Shota Tutberidzening so‘zlariga ko‘ra, aks holda siyosatchi 6 yanvar kuni ochlik e’lon qiladi.

"Biz Mixail Saakashvilini davolashga Qo‘shma Shtatlar, Ukraina, Niderlandiyadan shifokorlar qo‘yilishini talab qilamiz. Bizda Mixail Saakashvili bilan yakka holda gaplashish imkoniyati yo‘q, bu advokat va uning himoyasi ostidagi shaxs huquqlarining buzilishi hisoblanadi", - dedi Tutberidze.

Saakashvili 29 sentyabrda Gruziyaga yashirincha qaytgandan keyin 1 oktabrda Tbilisida hibsga olingandi. Shundan keyin u Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgan va bunga norozilik sifatida ochlik e’lon qilgan.

8 noyabrda u yaqinlari va advokatlari bilan kelishilmagan holda qamoqxonadan dastlab Tbilisidagi turma shifoxonasiga, 20 noyabrda Goridagi harbiy hospitalga o‘tkazilgandi.

U 30 dekabr kuni hospitaldan yana qamoqxonaga qaytarildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili yana ochlik e’lon qilish bilan tahdid etdi