23:33 / 23.01.2022
1 803

ISHID jangarilari qamoqdan qochishi ortidan Suriyada janglar boshlanib ketdi

ISHID jangarilari qamoqdan qochishi ortidan Suriyada janglar boshlanib ketdi
ISHID jangarilari kurdlar nazoratidagi qamoqxonalardan mahbuslarni qutqarish uchun harakat boshlashi ortidan Suriya shimoli-sharqida qaqshatqich janglar boshlanib ketdi.

AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kurd harbiy bo‘linmalari Xasaka shahrida payshanba kunidan buyon jangarilarga qarshi kurashmoqda. Harbiylar qamoqxonani o‘rab olgan va atrofdagi kvartallar ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilmoqda. Mahalliy aholi o‘z uylarini tashlab qochmoqda.

Gvayran qamoqxonasini egallash uchun boshlangan hujum - jangarilar guruhining uch yil muqaddam Suriyada tor-mor etilishidan buyon eng yirik amaliyotiga aylandi.

Qarorgohi London shahrida bo‘lgan Suriya Inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan nazorat markazi (SOHR) ma’lumotiga ko‘ra, mahbuslar bilan to‘lib-toshgan qamoqxonada ISHID bilan aloqadorlikda gumonlangan 3,5 ming kishi bor, jumladan guruhlarning ayrim rahbarlari ham .

Yuzlab jangarilar yana qo‘lga tushirilgan, ammo yana ko‘plar ozodlikda qolmoqda.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi to‘qnashuvlarda kurd harbiylaridan 28 nafari, shuningdek tinch aholi vakili bo‘lgan 5 kishi va ISHID jangarilaridan 58 kishi halok bo‘lgan.

Shu kunlarda guruh tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan videoda guruh tarafdorlaridan juda ko‘pchilik ozod qilingani aytiladi. Videoda jangarilar bir necha kishini garovda tutib turganini ham ko‘rish mumkin.

«ISHID hamon tahdid manbayi ekani haqidagi eslatma»
BBC’ning Yaqin Sharq bo‘yicha korrespondenti Kventin Sommervil

ISHID jangarilari va ularning rafiqalari yillar mobaynida aynan shunday ssenariydan umid qilib kelishmoqda: Suriya qamoqxonalaridan yoppasiga qochish.

Qamoqxonada berilgan intervyu vaqtida britaniyalik Al Shafiy Alshayx va Aleksandr Koti portlovchi moddalar solingan yuk mashinasi orqali qamoqxonadan qanday qochishlarini fantaziya qilishgan.

Suriya shimoli-sharqidagi hujum vaqtida jangarilar qamoqxonaga kirish uchun benzovozdan foydalangan bo‘lishlari mumkin.

ISHID tarafdorlari ushbu mintaqadagi qamoqxonadan qochish uchun birinchi bor urinishi emas; so‘nggi bor bu kabi holat 2019 yilda Derikeda ro‘y bergan. O‘shanda ham AQSH aviatsiyasini jalb etishga to‘g‘ri kelgandi. Ammo bu safar havodan zarbalar yo‘llash eng to‘g‘ri qaror bo‘lmasligi mumkin, chunki ISHID jangarilari odamlarni garovga olgan.

Bu qamoqxonada saqlanayotganlar orasida Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan bo‘lgan jangarilar bor. Jangarilarning xotinlari qamoqxonalarga tashriflar vaqtida qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘ladigan erlari bilan yana topishishga umid qilishlarini aytishadi.

ISHID 2012 yilda Iroqda «Devorlarni sindirish» kampaniyasini olib borib, qamoqxonalardan mahbuslarni o‘z saflariga jalb qilgan holda kuchaygandi.

Xasakadagi qamoqxonadan qochish ham shunday effekt berishi dargumon. Hozirda ISHID ancha kuchsizlangan, ammo bu hujum - guruh hamon tahdid solishga va yirik bosqinlarni amalga oshirishga qodirligini eslatishga xizmat qilmoqda
.

Pentagon AQSH boshchiligidagi koalitsiya havo zarbalarini tiklaganini tasdiqladi.

Davlat departamenti rahbari Ned Prays Suriya harbiylarining samarali sa’y-harakatlarini e’tirof etdi va ISHID jangarilari o‘tgan yil davomida ham o‘z tarafdorlarini qamoqxonalardan ozod etishga urinib kelgani haqida aytdi.

Mahalliy oqsoqollar Reuters muxbiri bilan suhbatda mintaqada ISHIDni qo‘llash darajasi arab aholi kurdlarning ma’muriy boshqaruvidan noroziligi fonida ortayotgani haqida gapirishgan - arablar kurdlarni diskriminatsiyada ayblashgan. Kurdlarning «Suriya demokratik kuchlari» ittifoqi esa bu ayblovlarni rad etgan.

Ayni vaqtda Suriya shimoli-sharqidagi kurd qamoqxonalarida dunyoning 50dan ortiq mamlakatiga mansub bo‘lgan minglab jangarilar saqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ISHID jangarilari qamoqdan qochishi ortidan Suriyada janglar boshlanib ketdi