BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xitoy rahbariyatini BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bacheletning Shinjonga (Sharqiy Turkistonga) safarini ta’minlashga chaqirdi.
Guterrish 5 fevral Pekin olimpiadasi doirasida XXR raisi Si Szinpin va Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. U muzokaralar chog‘ida BMT oliy komissarining Shinjonga safari muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Mishel Bachelet uyg‘urlarning holidan xabar olish uchun ikki yildan ortiq vaqtdan beri Shinjonga borishga harakat qilmoqda. Pekin BMT vakilining safari olimpiadadan keyin amalga oshishi mumkinligini ma’lum qildi, biroq bir sharti bor: safar tanqidiy ruhda emas, balki “do‘stona” bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Xitoy tomoni Bacheletning Shinjondagi vaziyat haqida hisobot chop etmasligini istamoqda.
Huquq himoyachilari Xitoy hukumatini uyg‘urlarga nisbatan ta’qib, qatag‘on va shafqatsiz munosabatda ayblab keladi. Ularning ta’kidlashicha, uyg‘urlar zo‘ravonlik va majburiy mehnatga duchor bo‘lmoqda. Pekin esa ayblovlarni rad etadi.
Uyg‘urlar masalasi tufayli bir qator davlatlar, jumladan, AQSH, Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya 4 fevral kuni boshlangan Pekin olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi. Germaniya boykotga qo‘shilmadi, ammo olimpiadaga hech qanday rasmiy vakil yubormasligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi