13:36 / 19.02.2022
1 400

Putin zaxiradagilarni harbiy yig‘inga chaqirish bo‘yicha farmon imzoladi

Putin zaxiradagilarni harbiy yig‘inga chaqirish bo‘yicha farmon imzoladi
Foto: russian.cgtn.com
Rossiya prezidenti Vladimir Putin zaxiradagi fuqarolarni 2022 yildagi harbiy yig‘inga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon nusxasi mamlakatning «Huquqiy axborot rasmiy internet-portali»da e’lon qilingan.

Unda qayd etilishicha, zaxiradagi fuqarolar 2022 yilda Qurolli kuchlar, Milliy gvardiya qo‘shinlari, davlat qo‘riqchilik organlari va Federal xavfsizlik xizmati (FXX) idoralarida harbiy yig‘in o‘tash uchun chaqiriladi.

Prezident farmoni joriy yilning 18 fevralidan kuchga kirgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda zaxiradagi fuqarolar har yili harbiy yig‘inga chaqiriladi. O‘tgan yili bunday farmon aprel oyida imzolagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin zaxiradagilarni harbiy yig‘inga chaqirish bo‘yicha farmon imzoladi