1 177
Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarining qanchasi Polsha chegarasiga yetkazilgani ma’lum qilindi
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ukrainadan Polshaga evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 27 fevral kuni Ukrainaning Lvov shahridan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina—Polsha chegarasidagi «Krakoves—Karchova» nazorat-o‘tkazish punktiga yo‘lga chiqqan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha chegarasiga yetkazilgan.
"Shunday kunlarda bizga yordam qilayotgan Yurtboshimiz sog‘ bo‘lsinlar" deydi Ukrainadagi vatandoshlarimizdan biri.
Elchixona vakillarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi Ukraina—Polsha chegarasi tomon yo‘l olgan o‘zbekistonliklar aks etgan videolavhani ilova qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz