08:22 / 12.03.2022
1 415

Gollivud aktrisasi Keyt Blanshett Ukrainadagi urush haqida videomurojaat yo‘lladi

Gollivud aktrisasi Keyt Blanshett Ukrainadagi urush haqida videomurojaat yo‘lladi
Foto: Pinterest
Gollivud yulduzi butun dunyoni ukrainalik muhojir va qochqinlarga yordam berishga chaqirmoqda. Avstraliyalik aktrisa Keyt Blanshett ham ko‘plab yulduz hamkasblari singari Ukrainadagi qiyin vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha yaxshi niyat elchisi Keyt videomurojaat yo‘llab, urushdan jabr ko‘rgan ukrainaliklarning hayotini saqlab qolish uchun hamma ishtirok etishi va hissa qo‘shishi kerakligini aytdi.

«Yuz minglab odamlar allaqachon xavfsiz, ammo yana millionlab odamlar xatar ostida», – deydi Blanshett.

Keyt Ukraina fuqarolariga yordam berish uchun BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qildi. Keyt Blanshettning videosini uning vizajisti Meri Grinvell o‘zining Instagram profiliga joyladi.

«Bizning fikrimiz va qo‘llab-quvvatlashimiz hamisha Ukraina bilan, ularning boshiga tushgan bu musibatga barham berish uchun ibodat qilamiz», – deb yozadi Grinvell.

Eslatib o‘tamiz, Gollivud yulduzlari Rayan Reynolds va Bleyk Layvli ukrainalik qochoqlar uchun million dollar xayriya qildi. Shuningdek, jahonga mashhur aktrisa Anjelina Joli ham Ukrainadagi vaziyatga munosabat bildirib, tinch aholiga yordam berishini ma’lum qilgandi. Aktrisa uzoq vaqtdan beri BMTning yaxshi niyat elchisi sifatida butun dunyo bo‘ylab qochqinlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gollivud aktrisasi Keyt Blanshett Ukrainadagi urush haqida videomurojaat yo‘lladi