Foto: AeroVironment
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga Switchblade rusumidagi jangovar uchuvchisiz qurilmalar yetkazib berishga qaror qildi. Vashington hozirga qadar yuqori aniqlikda nishonga uruvchi bunday dronlarni faqat yaqin ittifoqchisi Buyuk Britaniya bilan baham ko‘rgan.
Switchblade dronlari AQSH harbiy havo kuchlari buyurtmasiga ko‘ra AeroVironment kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Nishonni 10 kilometrdan aniq uruvchi qurilma faqat bir marta qo‘llangani sabab dron-kamikadze deb ataladi. Shovqinsiz parvoz qiluvchi, kichik hajmli dronlarni payqash mushkul ekani aytiladi. Hozircha 100 dona dron yetkazib berilishi ma’lum qilingan. Keyinroq yana qo‘shimcha miqdorda yuborilishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Vashington yuqori doiralarida Ukrainaga mazkur ilg‘or jangovar qurilmalarni yetkazish masalasi uzoq muhokama etilgan. Pirovardida og‘ir ahvolda qolgan mamlakatga ko‘mak va xayrixohlik ifodasi o‘laroq uni yetkazishga rozilik berilgan.
Harbiy ekspertlar Switchblade dronlarini «aqlli bomba» deb ataydi. Dvigatel, kamera va ichki boshqaruv tizimiga ega qurilma ham bronetexnika, ham piyoda askarlarni mahv etishga mo‘ljallangan. Dronlarni ob’ektlarga mustaqil holda hujum qilishga dasturlashtirish imkoni mavjud. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”