
Ukraina rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, 7 aprel kuni Rossiya harbiy kuchlari Kiyev, Chernigov va Sumi viloyatlarini tark etgan. Rus armiyasi tomonidan tinch aholining o‘ldirilishi haqidagi xabarlar dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi ishtirokini to‘xtatdi, Rossiya bunga javoban Kengashdan muddatidan avval chiqib ketishga qaror qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainadagi «maxsus operatsiya» davomida Rossiya armiyasi «katta yo‘qotishlar»ga uchraganini tan oldi. Meduza Ukrainadagi urushning 43-kuni aks etgan fotosuratlarini to‘pladi.

«Azovstal» metallurgiya kombinatining ko‘rinishi, Mariupol.
Foto: Reuters

Mariupoldagi rossiyaparast harbiy xizmatchilar uylarda tintuv o‘tkazmoqda.
Foto: Reuters

Tintuv jarayoni.
Foto: Reuters

Mariupolning Levoberejniy tumanidagi ko‘chalardan birida o‘tirgan mahalliy aholi.
Foto: «TASS»

Ukrainalik askarlar Xarkovda o‘qqa tutilgan non zavodidan ko‘tarilgan tutunga qarab turibdi.
Foto: Reuters

Chernigovdagi maktab hovlisida odamlar gumanitar yordam olishni kutmoqda.
Foto: AP Photo

Kiyev viloyatining Ivankov shahri chetidagi yo‘lda turgan erkak.
Foto: AFP

Buchada vayron qilingan Rossiya harbiy texnikasi ustidagi ukrainalik harbiy xizmatchi.
Foto: AP Photo

Bucha aholisi ko‘p qavatli turar joy hovlisida olovda ovqat pishirmoqda. Otishmalar sababli shahar gaz va elektrdan uzilgan.
Foto: Getty Images

Kiyevdan 40 kilometr g‘arbda erkak vayron qilingan rus tankini ko‘zdan kechirmoqda.
Foto: Sopa Images

Chernobil AESga tutash hududda rus askarlari tomonidan qazilgan okoplar. Suratdagi qizg‘ish o‘rmon haligacha radiatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi. 1986 yilda reaktor portlashi paytida o‘rmon radioaktiv zarralarning eng katta qismini o‘ziga olgan.
Foto: Reuters

Borodyanka shahridagi uy vayronalari ichida ishlayotgan qutqaruvchilar. Bino rus harbiylarining hujumidan vayron bo‘lgan.
Foto: Reuters

Qutqaruvchilar dam olmoqda.
Foto: Reuters

Faollardan biri ukrainalik yozuvchi Taras Shevchenko haykalining o‘qdan shikastlangan qismini ramziy ravishda bint bilan o‘ramoqda. Kiyev viloyati, Borodyanko.
Foto: AFP “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar