Zelenskiy urushni to‘xtatishning yo‘lini aytdi

1 daqiqa o'qish4.3K
Zelenskiy urushni to‘xtatishning yo‘lini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bild nashriga bergan intervyusida urushni to‘xtatish haqida gapirdi.

Zelenskiyga ko‘ra, urushni bartaraf etish Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarga bog‘liq. Aynan Rossiya rahbari bu qonli fojialarni bas qilishi mumkin.

«Bugun muzokara stoliga o‘tirishdan boshqa iloj yo‘q. Rossiyada bu urushni boshqa hech kim to‘xtata olmaydi. Bu urush qachon tugashini faqat u (Putin) hal qiladi», — degan Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina rahbari «Rossiyaga, rus askarlariga nisbatan chuqur nafratni his qilishini» tan oldi. Bunga Ukrainadagi qonli voqealar sabab bo‘lgan.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan buyon Zelenskiy Putinni muzokaralarga chorlab keladi. Hatto Istanbulda o‘tgan muzokaralarda buning ehtimoli kattaligi ham aytilgandi. Ammo uchrashuv bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmasdan qolmoqda.

Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralardagi rahbari, xalq deputati David Araxamiya ham prezidentlar uchrashuviga tayyorgarlik haqida gapirgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?