19:37 / 16.11.2022
1 607

Xushtaʼm “xolodes” tayyorlashning 3 ta muhim siri...

Xushtaʼm “xolodes” tayyorlashning 3 ta muhim siri...
Foto: «Noviy ochag»
Xolodes — qishda sevib isteʼmol qilinadigan yaxna yeguliklardan biri hisoblanadi. «Noviy ochag» nashri mazali “xolodes” tayyorlashning bir nechta sirlarini uy bekalariga taqdim etdi.

Tovuq go‘shti va indeykadan tayyorlanadigan xolodes retsepti

Foto: «Noviy ochag»
8 kishilik porsiya uchun:
Kerakli masalliqlar: 2 bo‘lak indeyka, yarimta pishirilgan tovuq, 5-6 ta qalampir, no‘xat, 2 ta piyoz, 2 ta sabzi, yarim bog‘ petrushka, 3 donacha sarimsoq, 1 qoshiq quritilgan ko‘katlar 2 ta lavr yaprog‘i, tuz, 1 paket jelatin.

Tayyorlanishi:
1. Tovuq go‘shti va indeykani tozalangan sabzavotlar bilan birga qozonga soling. Shundan so‘ng qozonga qozonga suv soling va mahsulotlarni yuqori olovda qaynatib oling. Qaynagandan keyin past olovda pishiring, tez-tez yog‘larni olib turing. Barcha mahsulotlarni 3 soat davomida qaynatib oling va sho‘rvaning yarmini olib tashlang. Xolodes tayyor bo‘lishidan 30 daqiqa oldin qozonga lavr yaprog‘i, qalampir, ko‘katlar qo‘shing.
2. Xolodesdan sabzavotlarni olib tashlang, go‘shtni mayda qilib to‘g‘rab oling. Uni maydalangan sarimsoq bilan aralashtiring va xolodes tayyorlanadigan idishga soling.
3. Jelatinni suvga soling, keyin issiq sho‘rva bilan aralashtiring, aralashmani idishga soling. Xolodesni salqin joyga yoki muzlatgichga qo‘ying.

Yana qanday mahsulotlardan “xolodes” tayyorlash mumkin?

Mol go‘shti bilan
Mol go‘shti va tuyog‘ini oling. Unga sabzavotlarni qo‘shib mazali “xolodes” tayyorlash mumkin.

Turli xil go‘sht mahsulotlari bilan
Bu eng “boy” va mazali “xolodes”. Unga mol go‘shti va qo‘zichoq oyoqlarini soling. “Xolodes”ni 4-5 soat qaynatib oling.

Sabzavotlardan tayyorlanadigan “xolodes”
“Xolodes”ga qaynatilib to‘g‘ralgan sabzavotlarni qo‘shishingiz mumkin, biroq ularni go‘sht bilan birga pishirmang. Yegulik tayyor bo‘lishidan 40 daqiqa oldin 1 ta yangi sabzi va taʼbga ko‘ra selderey barglarini soling, keyin go‘sht bilan aralashtiring.

Mukammal sho‘rva

Foto: «Noviy ochag»
Sho‘rvaga sarg‘ish rang berish uchun piyoz va sabzini qozonga solishdan oldin quruq tovada qovuring. Bundan tashqari, sho‘rvaga katta piyozning toza po‘stlog‘ini qo‘shishingiz ham mumkin. Pishirish paytida ko‘pikni olib tashlashni unutmang. Sho‘rvani sabzavot qoldiqlaridan toza bo‘lishini istasangiz 2 qavatli dokadan o‘tkazing. “Xolodes” qattiqlashganda, uning yuzasidan yog‘ qatlamini olib tashlang.

“Xolodes”ni muzlatish uchun
Tovuq go‘shti qotish xususiyatiga ega emas, shuning uchun unga jelatin solish kerak. Bu mahsulotsiz “xolodes” qilish uchun tovuq oyoqlarini sotib olishingiz va ularni indeyka, tovuq go‘shti bilan birga qaynatishingiz kerak bo‘ladi. Mol go‘shti va qo‘zichoq go‘shtidan tayyorlangan “xolodes”ni go‘sht suyaklari bilan — oyoqlar, tuyoqlar bilan pishirsangiz juda yaxshi muzlaydi. “Xolodes”ni tayyorlashda ehtiyot bo‘ling: mayda bo‘laklangan suyaklarni qo‘shilib ketmasin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xushtaʼm “xolodes” tayyorlashning 3 ta muhim siri...