Foto: Marie Claire
Koronavirus pandemiyasidan so‘ng bir qancha tashkilotlar masofadan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo ba’zi kompaniya xodimlari haftada besh kun ofisga boradi. Ish vaqtida, albatta, turli xil yeguliklar iste’mol qiladi. Ammo hamma ham to‘g‘ri ovqatlanadimi? Marie Claire nashri ofis xodimlari ovqatlanishda doimo yo‘l qo‘yadigan xatolarni sanab o‘tdi.
Betartib ovqatlanish
Ba’zida ish shunchalik ko‘pligidan nonushta yoki tushlik qilishga vaqt bo‘lmaydi. Kun bo‘yi och qolgandan so‘ng kechasi muzlatkichga murojaat ortadi, natijada kunlik kaloriya miqdori oshib ketadi. Bundan tashqari, bu tarzda ovqatlanish hamda mahsulotlarning sifati haqida o‘ylash kerak. Bunday ratsion vazn ortishiga va oqsil, yog‘, uglevod, kletchatka, vitamin, mineral va mikroelementlar yetishmasligi kuzatilishi mumkin.
Ishlash jarayonida ovqatlanish
Yana bir katta xato — ish jarayonida ovqatlanish yoki tushlikda Telegram, YouTube kanallaridagi kontentni tomosha qilish. Hatto tushlik paytida hamkasblar bilan suhbatlashish odatiy bo‘lsa ham foydali odat emas. Oziq-ovqatga yetarlicha e’tibor bermaslik tufayli ko‘p ovqatlanish yuzaga keladi.
Ushbu ikkita xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun uyda nonushta qilishga harakat qilish va har kuni ofisda ovqatlanish uchun ma’lum vaqt ajratish tavsiya etiladi. Tushlik uchun ham diqqatni jamlab, asta-sekin ovqatlanish kerak. Shundagina sekin uglevodlar, oqsillar, yuqori sifatli yog‘lar va kletchatkalar o‘z vazifasini bajaradi. Muntazamlik haqida unutmaslik lozim, bir vaqtning o‘zida ovqatlanish organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Nosog‘lom gazaklar
Keyingi xato avvalgilari kabi muammo tug‘dirishi mumkin. Gazaklar muhim, lekin ular ham to‘g‘ri iste’mol qilinishi kerak, shuningdek, boshqa ovqatlarning umumiy jadvaliga ham rioya qilinishi lozim. Gazak uchun tez uglevodlarga boy ovqatlarni tanlamaslik kerak: ularning ortiqchasi tez muddatda semirish, diabet va turli yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Qisqa muddatda shakarli mahsulotlar iste’mol qilish uyquchanlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Tez uglevodlar
Afsuski, ofis xodimlarining tushligining asosiy qismi ham har doim ham to‘yimli emas. Tushlik paytida kartoshka, makaron, pitssa yoki sendvichlar iste’mol qilmaslik kerak. Ushbu oziq-ovqatlar yuqori glisemik indeksga (GI) ega, qonda insulin ko‘tarilishiga olib keladi va ovqatdan keyin uyquchanlikni keltirib chiqaradi.
Qahva va energetik ichimliklar
Organizm, shu jumladan miya energiya manbai sifatida adenozin trifosfor kislotasidan foydalanadi. Jarayon davomida erkin adenozin hosil bo‘ladi, bu «charchoq molekulasi» deb ham ataladi. Retseptorlar bilan bog‘lanib, miyaga charchoq haqida signal beradi va yurak urish sekinlashadi va uyquchanlik paydo bo‘ladi.
Kofein ham organizmni aldaydi: retseptorlarga bog‘lanadi, ammo u yerga adenozin kira olmaydi. Shu sababli, biz bir necha soat davomida charchoq va uyquchanlik kuzatilmaydi, keyin yana uxlash istagi paydo bo‘ladi. Ammo kofeinning tetiklantiruvchi xususiyati afsuski, charchaganlikni bildirmaydi. Aksincha, ko‘proq ishlash natijasida charchoq kuchayadi. Energetiklar ham xuddi shu prinsipda ishlaydi.
Qahva borasida me’yorni to‘g‘rilash uchun ko‘proq uxlash, kuniga ikki stakandan ko‘p ichmaslik, ratsiondan sirop, shakar va boshqa shirinliklarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi