Foto: Marie Claire
Salomatlik va vazn uchun qila oladigan eng oddiy va samarali narsa bu muntazam ravishda nonushta qilishdir. Uyg‘ongandan so‘ng bir soat ichida iste’mol qilingan sog‘lom nonushta qonda qand miqdorini xavfsiz saqlashga yordam beradi, qon bosimi va xolesterin darajasini yaxshilaydi, metabolizmni tezlashtiradi va tushlikkacha to‘qlik hissini beradi.
Bundan tashqari, nonushta organizmni energiya bilan to‘ldiradi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, bularning barchasi haqiqatan ham foydali mahsulotlar bilan amalga oshadi. Ba’zi mahsulotlar faqat foydalidek tuyuladi, lekin aslida zarar keltiradi. “Noviy ochag” nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.
Qayta ishlangan donli pyure
Eng foydali nonushtalardan biri, albatta, suli yormasi. Ammo faqat donli yoki past darajada qayta ishlangan, tarkibida kletchatka miqdori yuqori bo‘lgan don mahsulotlari sog‘liq uchun foydalidir. Agar 100 gramm don tarkibida 3 grammdan kam kletchatka bo‘lsa, unda bo‘sh kaloriyalardan boshqa hech narsa yo‘q.
Vafli yoki tost
Murabbo, asal, qaymoqli vafli yoki pishloq, sariyog‘ bilan qovurilgan tostmi? Yengil uglevodlar va shakar nonushta uchun odatiy mahsulotdir. Afsuski, ularning iste’molidan keyin qondagi shakar tezda ko‘tariladi va bir soat ichida yana och qolish kuzatiladi. Shuning uchun bunday nonushtadan voz kechish tavsiya etiladi.
Donli batonlar
Agar batonlar uyda tayyorlanmagan bo‘lsa, ulardan butunlay voz kechgan ma’qul, bundan tashqari, ularni nonushta uchun iste’mol qilmaslik kerak. Ko‘pincha ular shakar siropi, yuqori darajada qayta ishlangan don va shokoladni o‘z ichiga oladi: natijada sog‘lom mahsulot o‘rniga yengil uglevodlar va shakar iste’mol qilinadi.
Kam yog‘li yogurt
Yogurt kalsiyning yuqori dozasi va nonushta uchun ajoyib variantidir. Ammo faqat yog‘li sutdan tayyorlangan bo‘lsa. Sut yog‘i juda sog‘lom va vazn yo‘qotishga yordam beradi. Shuning uchun nonushtaga yog‘li yogurtni iste’mol qilish va ko‘proq foyda olish uchun unga yangi rezavor yoki yong‘oqlar qo‘shish tavsiya etiladi.
Qahva
Sirop, qaymoq va shakarli qahva ichimligi nonushta emas. Vaqti kelib, qon bosimi va shakar darajasini keskin oshiradigan xavfli mahsulot. Shirin qahvadan butunlay voz kechgan ma’qul va uni nonushtada och qoringa ichmaslik kerak.
Qahva va shirinlik
Odatda ko‘pchilik nonushtaga qahva va shirinik iste’mol qilishni yoqtiradi. Lekin hech qanday holatda uni mustaqil taomga aylantirmaslik kerak: qovurilgan ponchik shirinliklari uglevodlar, shakar va trans yog‘lariga boy — bir so‘z bilan aytganda, sog‘liqqa katta zarar yetkazadigan barcha moddalar mavjud. Shunday ekan, afsuski, ular bilan xayrlashgan ma’qul.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring