Energiyani tezda yo‘qotish, ishga g‘ayrat bo‘lmasligi va doimiy uyquchanlik kabilar katta shaharning tig‘iz ritmi va cheksiz stressning oqibatlaridir. Bunday charchoq va bosh og‘riqlari asosan kunning ikkinchi yarmida yuzaga keladi. Ishingiz unumdorligi pasaymasligi va tezda tetik holatga kelish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishni maslahat beramiz.
Qahvadan voz keching
Foto: Shutterstock
Qahva tanani energiyaga boyitadi va uyquchanlikni yo‘qotadi, degan gap bir tarafdan to‘g‘ri. Haqiqatan ham, kofein miyani faollashtiradi, ammo bu jarayon uzoqqa yetmaydi. Qahvaning kundalik me’yordan oshib ketishi esa vaziyatni og‘irlashtiradi. Sababi kofein organizmdan suyuqlikni tezda chiqarib yuboradi va suvsizlanish charchoqqa olib keladi. Zero organizmda kerakli miqdorda suv bo‘lmasa, tanadagi bosim keskin pasayadi, qon aylanishi sekinlashadi. Bu esa to‘qimalarga kislorod yetib bormasligiga olib keladi.
Tamaddi qilib olishni unutmang
Charchoq va umumiy zaiflikning ilk alomatlarida tetiklantiruvchi yengil gazak iste’mol qiling. Bunda albatta mahsulot foydasiga ahamiyat berish lozim. Shirin yoki yog‘li gazaklar o‘rniga energiya paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadigan banan yoki sitrus mevalarini yeyish mumkin. Barra ko‘katlar va pomidor qo‘shilgan salatlar ham ayni muddao. Chunki pomidorda aminokislotalarning yuqori miqdori har qanday energetik ichimlikdan yaxshiroqdir.
Nonushtani o‘tkazib yubormang
Foto: Alamy
Nonushta kunning deyarli eng muhim taomi hisoblanadi. U organizmni kun davomida energiya bilan ta’minlashga yordam beradi. Uyquchan insonlar uchun eng yaxshi variant bu bo‘tqa va bir bo‘lak bug‘doy nonidir. Ularning tarkibida ko‘p miqdordagi o‘simlik tolasi mavjud. Bo‘tqaga yogurt, pishloq yoki bir nechta apelsin qo‘shish ham mumkin. Qolaversa, bunday to‘yimli, eng muhimi, sog‘lom nonushta nafaqat miyani, balki qomatni ham yaxshi holatda saqlashga yordam beradi.
Tushlik haqida unutmang
Ko‘pincha ishga ko‘milib ketganda kundalik ovqatlanishni unutamiz, keraksiz bo‘lib tuyuladigan jarayonni kechqurunga qoldiramiz, lekin aslida tushlik ish kunining qolgan qismida sizning quvvatga to‘la holatingizni kafolatlaydi.
Xonadagi havoni almashtirib turing
Toza havo surunkali charchoqqa qarshi kurashda eng zarur vositalardan biridir. Chunki eng ko‘p uchraydigan sabablari orasida gipoksiya yoki oddiyroq aytganda, kislorod yetishmasligi birinchi o‘rinda turadi. Sovuq havoda ham derazalarni ochib turishga odatlaning.
Kun tartibini rejalashtiring
Ishdan uyga qaytganingizdan so‘ng darhol uy yumushlarini bajarishga shoshilmang, o‘zingizga dam olishga vaqt bering. Kechasi soat 12 gacha bo‘lgan vaqtda uyquga yoting — bu vaqtda tanangiz tun davomida to‘liq dam oladi va kuchga to‘ladi.
Hayotingizni ijobiy hislar bilan to‘ldiring
Uyquga ketishdan avval ertangi kunda sizni xursand qiladigan biron-bir faoliyat bilan shug‘ullaning. Masalan, yangi ko‘ylak uchun do‘kon aylanishni rejalashtiring. Psixologlarning fikricha, yoqimli voqeani kutish ertalab o‘rindan turishni osonlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi