Toshkentda isitish tizimi 9 noyabrdan ishga tushiriladi

Toshkent shahrida 2026–2027 yilgi isitish mavsumi 9 noyabrdan boshlanadi. Dastlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik beriladi. Shu kundan boshlab ko‘p kvartirali uylarning isitish tizimi ham bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Poytaxt hokimligining xabar berishicha, isitish tizimini ulash ishlari bir vaqtning o‘zida emas, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Issiqlik ta’minoti uchun to‘lovlar amalda issiqlik berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Isitish tizimi ishga tushirilgan sana boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolanadigan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.
Agar xonadonda issiqlik belgilangan me’yorda ta’minlanmasa, aholi o‘z uyiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilishi kerak. Chunki bino ichidagi issiqlik taqsimoti va ichki tizimlarning soz holatda ishlashi uchun aynan shu kompaniya mas’ul.
Isitish tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelsa, bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasiga murojaat qilish mumkin. Hokimlik e’lonida murojaat uchun aloqa kanallari ham ko‘rsatilgan.































Izohlar 0
…