Argentinalik ona chaqalog‘iga BTS yulduzi sharafiga ism qo‘ydi

Argentinada BTS guruhi muxlisi bo‘lgan ayol yangi tug‘ilgan o‘g‘liga K-pop yulduzi Min Yoongi sharafiga “Yoongi Karlos” deb ism berdi. Min Yoongi muxlislarga Suga sahna nomi bilan ham tanilgan bo‘lib, BTS guruhida repper va prodyuser sifatida faoliyat yuritadi.
Chaqaloq oilasi bilan Buenos-Ayres shahrida BTS guruhiga bag‘ishlangan yarmarkada qatnashganidan so‘ng, uning noodatiy ismi internet foydalanuvchilari va ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortdi.
Bolaning ismi aks etgan hujjat ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. BTS muxlislari bu holatni guruh ijodkorlariga bo‘lgan mehr va sadoqatning o‘ziga xos ifodasi sifatida qabul qilmoqda.
K-pop yulduzlari muxlislar hayotiga ta’sir ko‘rsatishi, hatto farzandlariga ism tanlashda ham ilhom manbai bo‘lishi mumkinligi ushbu voqea orqali yana bir bor namoyon bo‘ldi.































Izohlar 0
…